ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Talabalikka ilk qadam

07.10.2018 | Ko`rildi: 45 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: NamDU Axborot xizmati

Namangan davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” marosimlari davom etmoqda. 5-oktabr kuni mazkur tadbir Ingliz tili filologiyasida o‘tkazildi. Unda mavjud talablarda ko‘rsatilganidek bezatilgan sahna dekoratsiyasi, universitet tarixi va bugungi hayotidan hikoya qiluvchi vedeorolikning namoyish etilishi  kechaga badiiy kayfiyat baxsh etdi. Bakalavr bosqichi oliy ta’limda tehsil olishni boshlayotgan ilm talabgorlari uchun alohida mas’uliyat yuklashini anglata olish marosimning bosh maqsadidir. 

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasining davlad madhiyasi tinglandi va unga munosib hurmat bajo keltirildi. Tadbirni fakultetda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, sohaning ko‘plab egalariga ma’rifat ulashgan faxriy ustoz, Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti R.Karimov ochib berdi. 2018-2019-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarni tabriklab, bu yo‘lda mehnat qilishdan aslo charchamaslik lozimligi, shundagini sohaning mohir mutaxasisi bo‘lib yetishisha olishlari alohida ta’kidladi. Fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Soliyav mulohazalarni davom ettirar ekan, avvallo, talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqni o‘qib eshittirdi. Ularni universitet va jamiyat ijtimoiy hayotida faollik ko‘rsatish, yuqori reyting ko‘rsatkichlari bilan fanlarni o‘zlashtirishga undaldi. 

An’anaviy tus olgan jarayon: Ramziy bilimlar kaliti hamda Ramziy reyting daftarchasi 4-kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stependiasi sovrindori Rashidova Shohsita tomonidan universitet miqyosida eng yuqori ball bilan (242 ball bilan davlat granti asosida)  talabalikka qabul qilingan G‘ofurov Valijonga topshirildi. Yuqori kurs talabasi oliy ta’limga ilk qadam qo‘ygan talabalar uchun o‘ziniung bir qator tavsiyalarini berib o‘tdi. Oldinga hamisha aniq maqsadlar qo‘yish va shunga munosib harakat qilish lozimligi aytildi. So‘ng talabalikning oltin qasamyodi qabul qilindi.

Tadbirning badiiy qismida fakultet yo‘nalishidan kelib chiqilgan holda inglizcha raqs va qo‘shiqlar taqdim etildi. Talabalar hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rinishlar esa yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi boshqa fakultetlarda ham keyingi kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

NamDU Axborot xizmati




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика