ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Talabalik umrimning g‘animat davri

04.10.2018 | Ko`rildi: 47 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: NamDU Axborot xizmati

Talabalarni ilg‘orlikka, tashabbuskorlikkka va birdamlikka chorlovchi “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi davom etrmoqda. 4-oktabr kuni Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida mazkur tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 2018-2019-o‘quv yilida kirish imtihonlaridan yaxshi natijalarni qayd qilib, talabalikka tavsiya etilganlarga oliy ta’lim oldidan aniq maqsadlar ila harakat qilish istagini shakllantirish g‘oyasi ilgari surilgandir. 

Tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Murodxon Qodirxonov ochib berdi. Barcha qatnashchilarni marosim bilan qutlab, ezgu maqsadlar sari qo‘yilayotgan qadamlar xayrli bo‘lish tilagi bildirildi. Oldindagi 4 yil bu ko‘p muddat degani emas, vaqt juda kam va tez suratlarda o‘tib ketadigan g‘animat davrdir. Qaysi ma’nodaki, o‘qib-o‘rganilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar, bilimlar juda ko‘p. Faqat fursatni qo‘ldan boy bermaslik hamda unumli foydalanish bilangina ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Bu yo‘lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lisin, deya fikrlarini yakunladi. Va eng yuqori ball bilan fakultet doirasida OTMga qabul qilingan talaba Husanova Durdonaga ramziy reyting daftarchasini topshirdi.

Shundan so‘ng fakultet dekani Narimon Dehqanov talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqni o‘qib eshittirdi. Ularga universitetning ichki tartib-qoidalari umumiy tarzda tushuntirib o‘tildi. Ramziy bilimlar kalitini fakultet doirasida yana bir yuqori natijani qo‘lga kiritgan talaba Toxirova Gavharoyga topshidi. 

Tadbirning asosiy qismi Talabalik qasamyodi tanlangan vakillar tomonidan o‘qib eshittirilda va buni hamma umumiy ravishda qabul qilindi. Ularning oldinda turgan vazifalari ko‘tarinki kayfiyat hamda ajoyib tadbir tarzida uqtirilishi odatdagi topshiriqlardan ko‘ra yodda yaxshi qoladigan, umumiy ko‘rinish kasb etganligi uchun ham har bir talabaning bunga rioya qilishi tabiiy ravishda amalga oshiriladi.

Badiiy qismdagi barcha chiqishlar: sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Marosimga Milliy tiklanish partiyasi bosh mutaxasisi Axror Abbasov taklif etilgan bo‘lib, tadbir so‘ngida o‘z mulohazalarini bildirdi. Kechaning yuqori saviyada, alohida tayyorgarliklar bilan tashkillanganini ta’kidlab, pdofessor-o‘qituvchiloar va talabalarga diqqat bilan yondashganlari uchun minnatdorchilik bildirildi. Xususan, tadbirning yaxlit ma’no kasb etishida rejissor sifatida Bahramjon Inotullayev, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rustam Imomovlarning mehnati ijobiy ko‘rinishda samarasini berdi. Talabalikka bag‘ishlov marosimlari boshqa fakultetlarda ham bo‘lib o‘tadi.  

NamDU Axborot xizmati




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика