ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Olov tilsiz yov

04.10.2018 | Ko`rildi: 32 | Hamkorlik

Foto: NamDU Axborot xizmati

Namangan davlat universitetida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida  4 oktabr kuni “Olov tilsiz yov” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar qatnashdilar.

tadbirni ma’naviyat-ma’rifat bo‘lim boshlig‘i I.Atamirzayev  kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu hamda ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan bugun qish mavsumi kelishi munosabati bilan xududlarda gaz ta’minotini pasayishi, aholining nosoz qurilmalardan foydalanish oqibatida  sodir bo‘ladigan noxushliklar va ular orqali fuqarolarimiz mol-mulkiga xatto jonlariga ham ziyon yetkazishini alohida ta’kidlab, bu borada Namangan davlat universitetida ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligini ta’kidladi. 

Mavzu yuzasidan mutaxasislar o‘z aniq faktlar asosida fikrlarni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi katta muxandisi Q.Sattarovga, Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi inspektori B.Otaboyev mulohazalarni davom ettirdilar.

Tadbirda “Olov tilsiz yov” mavzusi yuzasidan Namangan davlat universiteti talabalaridan M.Jo‘raboyeva, D.Turdialiyeva, M.Abdullayev, N.Sultonovlar o‘z fikrlarini bildirib, tegishli takliflarini bildirib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.

Savol javoblardan so‘ng Namangan davlat universitetining ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini  tez-tez o‘tkazish foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidladi.

Ibrohim Atamirzayev,
Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика