ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Talabalik imkonlar davri

04.10.2018 | Ko`rildi: 32 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: NamDU Axborot xizmati

Talabalik ma’lum bir kasb egasiga aylanishning ilk pallasidir, mutaxasis sifatida shakllanishning ostonasi. Unga qadam qo‘ygan talabgor borki, shu ma’qomga munosib bo‘lish lozimligini ham unitmasligi darkor. Xususan, “Talabalikka bag‘ishlov” marosimlari doirasida talabalik qasamiyodining qabul qilinishi yoshlar oldida turgan vazifalar, ma’suliyat ko‘lamining g‘oyat keng ekanini anglatish maqsadiga asoslanadi. A’lo o‘qish, OTMning ichki tartib-qoidalariga amal qilish kabi shartlarni bajarishga ustozlari hamda tengdoshilari oldida va’da berayotgan yigit-qizning axdi nafaqat 4 yillik ta’lim, balki keyingi faoliyati davomida ham o‘z samarasini berishi shubhasizdir.

3-oktabr kuni Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbirga universitet Iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i Ibrohim Atamirzayev, bo‘lim uslubchisi Erkin Vohidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Namangan haqiqati” gazetasi muxbiri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasining viloyatdagi muxbiri Nosir Abbasov, O‘zXDP namangan viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Ergashali Abdullayev,  O‘zXDP Namangan viloyat kengashi mafkura va targ‘ibot ishlari bo‘yicha rais Mo‘tabarQo‘ziyeva, O‘zXDP Nakmangan viloyati kengashi “Istiqbol yoshlshar qanoti” yetakchisi Jaloliddin Mo‘minovlar taklif qilindi. Marosimni tashkillashtirishda fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Obidxon Husanxo‘jayev hamda guruh rahbarlari boshchilik qildilar.

Tadbirni I.Atamirzayev kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, dastavval 2018-2019 o‘quv yilida talabalik baxtiga erishgan barcha yigit-qizlarni qutladi hamda ularning o‘qishlarida muvaffaqiyat yor bo‘lishini tiladi. Har bir kundan unumli foydalanish, vaqtni behuna narsalarga sarflamay faqat iml olish lozimligi alohida ta’kidlandi. So‘ng fakultet dekani Q.Siddiqov so‘z olib, talabalikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqni o‘qib e’lon qildi va fakultet doirasida yuqori ball to‘plagan talabalardan biri   Akramova Shoxsanamga ramziy reyting daftarchasini topshirildi. Eng yuori ball jamg‘argan Usmonova Gulbahor esa 4-kurs talabasi Abdullayeva Gulnozadan ramziy Bilimlar kalitini qabul qilib oldi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Vatan, tinchlik, yoshlik mavzularidagi she’r va qo‘shiqlar, talabalarning hayotidan hikoya qiluvchi shingil intermediyalar kechaga yuqori kayfiyat baxsh etdi. Mazkur marosim universetit kesimidagi boshqa fakultetlarda ham o‘tkazilishi keyingi kunlar rejasiga kiritilgan. 

NamDU Axborot xizmati




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика