ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Huquqiy savodxonlik zamon talabi

02.10.2018 | Ko`rildi: 34 | Hamkorlik

Foto: NamDU Axborot xizmati

Joriy yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Namangan davlat universitetida “Huquqiy bilimlar kuni” umumiy shiori ostida aksiya tadbiri o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatning asosiy qatlami, ya’ni 60 % tashkil etuvchi yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqiy savadxonligini yuksaltirishdan iboratdir. Aksiya doirasida viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurahim Musashayxov, shahar va tuman kengashlari, davlat notarial idoralaridan vakillar, universitet talabalari ishtirok etdilar.   

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy savadxonligini tekshirish maqsadida ixtiyoriy ko‘rinishdagi test sinovlari o‘tkazildi. Unda talabalar o‘zlarining soha doirasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga bugungi rivojlanayotgan innovatsion davrda inson o‘z huquq va burchlarini bilishlari naqadar ahamiyatli ekanini ham tushinib yetdilar. Mazkur test sinovlaridan a’lo va yaxshi natijalarga erishganlar Adliya vazirligi tomonidan munosib rag‘batlantirilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur kun davomida bukletlar, flayerlar, ko‘rgazma-targ‘ibot materiallari tarqatildiki, bundan ko‘zlangan maqsad asnosida amalga joriy etilayotgan yangi qonun-qoidalarning mohiyati, ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutilgandir. Aksiya hafta mobaynida joylarda hali davom etishi ko‘zlanmoqda.   

NamDU Axborot xizmati




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика