ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Ustozlarga ehtirom aylab…

30.09.2018 | Ko`rildi: 55 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: NamDU Axborot xizmati

Uztoz insonni zamindan falakka olib chiquvchi, qaysi ma’nodaki, uni yuksaltiruvchi, ilm-ma’rifat ila oshno qilib, ulug‘ maqsadlar sari undaguvchi – ota kabi ulug‘ zot. Ularga qancha ardoq, hurmat-ehtirom ko‘rsatilsada mashaqqatli ham mas’uliyatli kasblari oldidagi fidokorliklariga munosib javob bera olish mushkuldir. Butun umri davomida ziyo ulashishni hayot mazmuniga aylantirgan sharaf egalarining mehnatini e’tirof etish maqsadida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida nishonlanishi go‘zal ananaga aylanib kelmoqda. Namangan davlat universitetida ham mazkur sana munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu yil noodatiy tarzda tashkillangan namoyish barcha professor-oqituvchlarni birdayin mamnun qildi. Viloyatda mavjud Namangan davlat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda “Aziz” dramatik janrdagi spektakl kasb egalariga bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
Namoyish oldidan NamDU rektori, professor Ulug‘bek Inoyatov universitetda faoliyat olib borayotgan barcha pedagoglarni sana munosabati bilan qutladi. Ularga uzoq yillar davomida yosh avlodning ma’naviyatini yuksalnirish, ta’lim va tarbiya berish kabi xayrli ishlarda kuch-quvvat hamda muvaffaqiyat yor bo‘lishini tiladi. Har jihatdan faollik ko‘rsatayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik va rag‘bat belgisi sifatida Faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alari topshirildi. 

Shundan so‘ng teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy qismga navbat berildi. Dastlab qutlov sifatida bayramona qo‘shiq va raqslar ijrosi yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tardi. Spektakl namoyishi esa yanada xush vaqt bag‘ishladiki, unda ko‘tarilgan mehr-oqibat, inson qadri kabi mavzular barchaga birdek manzur bo‘ldi. Badiiy asarda  inson aziz, uning qadri har narsadan ulug‘ ekani bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi. Nurullo Abbasxon qalamiga mansub mazkur drama rejissor Shuhrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, bosh qahramon Aziz qiyofasini Nuriddin Ismoilov, rollarda: Bahodir Jumayev, Mirmaqsud Musaboyev, O‘zbektonda xizmat ko‘rsatgan artist Karimaxonim Rasulova, O‘zbektonda xizmat ko‘rsatgan artist Alijon Tojiboyev, Dilfuza Qodirova, O‘zbektonda xizmat ko‘rsatgan artist Aziza Karimova va boshqa aktyorlar tomonidan ijrolar talqini zamirida badiiy uyg‘unlik yuzaga keldi. Sahnadagi dekoratsiya, musiqiy bezaklar, kostyumlar vaqealar ayni zamonda sodir bo‘layotganini anglatar edi. Insonlarning qilgan yaxshiliklari ham, yomonliklari ham, albatta, o‘ziga qaytishi ask ettirilgan drama professor-o‘qituvchilarning faoliyati davomida o‘z shogirdlariga berayotgan ta’lim va tarbiyada dasturil amal bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.

Mahliyo Teshabayeva,
NamDU Matbuot kotibi




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика