ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Amir Temur yoshlar nigoxida” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi

20.09.2018 | Ko`rildi: 61 | Hamkorlik

Foto: NamDU Axborot xizmati

2018 yil 19 sentabr kuni Namangan davlat universiteti hamda Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Namangan viloyati muassasasi, Xalqaro Amir Temur ekspeditsiyasi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi hamkorligida “Biz bir halqmiz: shu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostidagi “Amir Temur yoshlar nigoxida” mavzusida xalqaro miyosdagi ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.X.Esanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Anjumanda O‘zbekiston Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi Xurshid Fayziyev, O‘zbekiston  Halq yozuvchisi Muhammad Ali, Xalqaro Amir Temur Xayriya jamg‘armasining Qozog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi Ikrom Xoshimjonov,O‘zbekiston Xalqaro Amir Temur jamoat fondirais o‘rinbosari To‘lqin Hayit, Xalqaro Amir Temur ekspeditsiyasi raisi Faxriddin Ashrafxo‘jayev, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Toshkent viloyati muassasasi bo‘limi raisi Muhabbat Shoyusupova, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Samarqand viloyati muassasasi  bo‘limi raisi Qo‘ziboy Mamaraimov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi Azizbek Muminov va universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan anjumanda Amir Temurning bolalikdan boshlab to Movaraunnaxrda markazlashgan Temuriylar davlatiga asos solishi, mamlakatni  boshqarishdagi  boshqaruv  san’ati, xarbiy sohadagi olib borgan isloxotlari,  mamlakat  obodligi,  yurt ravnaqi, tinchligi masalasida olib borgan adolatli siyosati va biz yosh avlodlarga bebaho xazina sifatida ilmiy  meros bo‘lib qolgan “Temur tuzuklari” haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Ayniqsa bugungi kunda Xalqaro Amir Temur ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ham kerakli ma’lumotlar talabalarga yetkazildi. 

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash va
ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘iI.Atamirzayev 




Mabaa: NamDU Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика