ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Sog‘lom avlod – millat tayanchi

08.09.2018 | Ko`rildi: 54 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga vazifa sifatida kiritish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan vatanparvar, mas’uliyatli, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Yoshlar-Tur”  an’anaviy yoshlar velomarafoni o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur sport tadbirining Namangan viloyati bosqichi 7-sentabr kuni tashkillashtirilib, Namangan shahrida “Sof savdo” majmuasi – “Tinchlik maydoni” yo‘nalishi bo‘ylab masofa belgilandi.

Velomarafonda Namangan davlat universiteti talabalaridan 50 nafari qatnashdi. Ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘qishdan tashqari jarayonlarda ham faollik ko‘rsata olishlari shiddatli kurashlarda ifoda topdi. Talabalarning bu harakatlari zamirida nafaqat yuqori o‘rinli natijalarga intilish, shu bilan birga vatanparvarlik, o‘z sha’nini mardonavor himoya qilish, millat o‘g‘lonlarining qahramonona qiyofalarini ifoda etish istagi mujassam edi. Asosan sport fakulteti hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar jalb qilinganligi sababli ham boshqa ishtirokchilardan also kam tashabbus ko‘rsatmaganliklari taqsinga sazovor. 

Velomarafon g‘oliblari va faol ishtirokchilarni taqdirlash O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Kasaba uyushmalari birlashmasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvafiqlashtirish bo‘yicha viloyat Kengashi tomonidan amalgam oshirildi. 

NamDU Axborot xizmati




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика