ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Giyohvandlik – hududsiz illat

08.09.2018 | Ko`rildi: 38 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Axborot xizmati

Namangan davlat universitetida “Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kirish qismini O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.X.Esonov ochib berdi. Giyohvandlik millat, xudud tanlamaydigan mudhish illat ekani, asr vabosiga aylangan ayanchli xodisa ekani xususida nutq so‘zladi. Asosan yoshlarni o‘ziga ohanrabodek tortuvchi bu aldamchi lazzatlar o‘z ortidan insoniyat hayotiga xavf soluvchi zararli oqibatlarni olib kelayotgani ta’kidladi. Ushbu xolatlarning  barchasi qanday qilib vujunga kelayotganligi sababi loqaydlik, aniq maqsadning yo‘qligi oqibatida, bo‘sh vaqtdan unimli foydalanmaslik turli illatlarga qiziqishni hosil qilayotganligini aytib o‘tdi. Talabalar hamisha qaror qabul qilayotganda nafsga emas, faqat aqlga tayanish lozimligi, uqtirdi.

Bunda, eng avvalo oilada yoshlar tarbiyasiga, uning yurish-turishiga e’tiborni kuchaytirish eng muxim dolzarb vazifamiz ekanligini ta’kidladi. Sog‘lom turmush tarziga odatlanish lozimligi, yaratilayotgan imkoniyatlardan o‘rinli foydalangan holda katta maqsadlar sari intilish lozimligini tushuntirdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi eksperti X.G‘.Jalolov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi xodimi A.A.Egamberdiyev, Namanagan viloyati Narkologiya dispanseri bosh vrachi J.Sheraliyev, Namangan viloyati IIV Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimi, podpolkovnik A.Z.Alimov, Ma’naviyat ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev, fakultet dekanlari, universitet psixologi S.Sadiyeva, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. 

Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan mavzu doirasida tushintirish ishlari olib borildi. Giyohvandlikning salbiy oqibatlari, kelajak avlod hayotiga ham xavf tug‘diruvchi illatligi to‘g‘risida asosli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

So‘ng tinglovchilar e’tiboriga “Yoshlar” telekanali tomonidan tayyorlanagan “Intixo yohud yo‘qlikka qarab” nomli viyeorolik namoyish etildi. Talabalarda vujudga kelgan savollarga ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi. Bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlarining davomiyligi sog‘lom avlodni tarbiyalab,voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi muqarrar.  

Ibrohim Atamirzayev,

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash va
ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика