ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Aziz va Yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

08.09.2018 | Ko`rildi: 52 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Axborot xizmati

Namangan davlat universitetida “Aziz va Yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. OTM rektori U.I.Inoyatov tomonidan 2018-2019 o‘quv yili boshidan barcha talabalar faollikka chaqirilar ekan, yoshlarni ezgulikka undash kabi g‘oyalar o‘z aksini topdi. 

Olis va maqsadli yo‘llarga doimo ustozlar qo‘lidan tutgan holda, qadam tashlanadi. Yoshlarga berilayotgan kichikkina ko‘mak ham katta yutuqlarga asos bo‘lishi muqarrar. Namangan davlat universitetida bu ezgu an’analar hamisha o‘zini oqlab kelmoqda.

Vatan mavzusi ijodkor uchun hech qachon o‘zgarmaydigan, uning sha’niga aytilgan alyorlar esa hamisha qadrli hisoblanmish kalomdir. Yurtni sevishga, ardoqlashga undovchi qo‘shiqlar esa ezgu qadriyatning yorqin ko‘rinishlaridan.

Talabalikning ilk kuni ko‘tarinki kayfiyatda boshlanar ekan, a’lo o‘qish, o‘z kasbining ustasi bo‘lish ishtiyoqi yanada yuksaladi. Mustaqillik darslarida yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

“Yoshlar – kelajak bunyodkorlari”. Ko‘zida ilmga tashnalik barq urayotgan yigit-qizlar O‘zbekistonning tom ma’nodagi tayanchi va suyanchi bo‘la olishi hech shubhasizdir. Namangan davlat universiteti majlislar zalida o‘tkazilgan kengaytirilgan “Mustaqillik darsi” aynan shunday g‘oyalarni o‘zida mujassam etdi.

O‘tmishni doimo yodda tutish, bugungi osoyishta kunlarning qadriga yetishga undaydi, deya magistr-talabalarga yaqin tarix manzaralaridan so‘zlar ekan, professor Tursunboy Fayzullayev, tinglovchilar qalbidagi shukronalik hissi nigohlarda o‘z aksni topdi. O‘tkazilgan mazkur “Mustaqillik darsi”da tinglovchilar uchun qiziq, ham ahamiyatli ma’lumotlar berilgani diqqatga sazovor.

Namangan davlat universiteti qoshida ochilgan Ishoqxon To‘ra Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi. Tadbirga yig‘ilgan ota-onalar va o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan maktab ma’muriyati tomonidan muborakbod etildi.

Kishilarga berilgan e’tirof va rag‘bat boshlanayotgan ezgu ishlarning muvaffaqiyatli yakun topishini ta’minlaydi. Ishoqxon To‘ra Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda ham mazkur aqidaga amal qilinadi.

Ishoqxon To‘ra Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabiga 2018-2019 o‘quv yilida qabul qilingan o‘quvchilar yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda kutib oldilar. Oldinda turgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Yagona maqsad, a’lo darajada bilim olish lozimligi uqtirildi.

Namangan davlat universiteti qoshidagi Akademik litseyga 2018-2019 o‘quv yilida “Xarbiylashtirilgan maxsus guruh” uchun 26 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Tanlovlar viloyat mudofaa boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi. Mazkur yo‘nalishda ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun alohida o‘quv binosi va maxsus xonalar tayyorlandi.




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика