ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Istiqloldan nur olgan O‘zbekiston”

06.09.2018 | Ko`rildi: 49 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Axborot xizmati

2018 yil 5 sentabr kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida  “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” mavzusida “Mustaqillik darsi” tadbiri  o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani t.f.n., dots. N.Dexkanov, Universitet “Jamoatchilik kengashi” raisi N.Niyozova, dekan o‘rinbosarlari B.Mallaboyev,  Sh.Jo‘rayev, R.Imomov, N.Qodirov, kafedra mudirlari O.Mamatov, N.G‘ofurov, A.Erqo‘ziyev, O.Topildiyev, K.Sirojiddinov, A.Sarimsoqovlar, fakultet ustoz professor-o‘qituvchilari T.Fayzullayev, A.Rasulov, A.Pozilov, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari, OAV hodimlari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishni fakultet dekani N. Dehqonov kirish so‘zi bilan ochdi va yangi o‘quv yili bilan barchani tabrikladi. Fakultet dekani o‘z nutqida hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yurtimiz iqtisodiyotining yuksalib borishi va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va ularni samarasi haqida to‘htalib o‘tdi. Bugun O‘zbekistonning milliy taraqqiyot borasidagi zalvorli qadamlari, dunyoning turli mamlakatlari millatlararo majarolar, ekstremizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi kabi balolardan ozor chekib turgan bir paytda, yurtimizda xalqimizning moddiy farovonligi tobora yaxshilanib, yangi ish o‘rinlari barpo etilayotgani, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanib, narx-navo arzonlashib, daromad manbalari ko‘payayotgani ta’kidladi.  Ma’ruzachi talabalarni yurtimiz ravnaqiga yaxshi o‘qishlari, iqtidorlari, ijobiy xulqi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroklari bilan xissa qo‘shishga chaqirdi. 

Shuningdek, 2018/2019 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarida Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga eng yuqori ballni to‘plagan talabalarga fakultet TABRIKNOMASIni topshirildi. O‘z navbatida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri N.G‘ofurov  yangi o‘quv yilida talabalarga omad tiladi. Ma’ruzachi, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 iyunda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti  yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorda mazkur bayramni “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari asosida tashkil etish belgilab qo‘yilganligi, buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib borayotgani, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotgani alohida qayd etilganligi to‘g‘risida gapirdi. Bugun mamlakatimizga tashrif buyurayotgan taniqli siyosatdonlar, davlat va jamoat arboblari, olim va mutaxassislar, madaniyat va san’at namoyandalari, sayyohlar hamma narsani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqdalar.Bu xulosalarning zamirida “O‘zbekiston ibrati”, “O‘zbekiston namunasi”, “O‘zbekiston tajribasi”, degan samarali ishlar yotadi, albatta. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va xayotga izchil joriy etilayotgan “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni takror-takror mutolaa qilishimiz, odamlar, ayniqsa, yoshlar orasida olib borayotgan targ‘ibot-tashviqot ishimizda, “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tayotgan “Mustaqillik darslarida” ulardagi xulosa va ko‘rsatmalarga amal qilishimiz lozimligi haqida to‘htaldi. “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” mavzusida targ‘ibot tadbirlari, o‘tgan 27 yil davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yurtimiz iqtisodiyoti¬ning yuksalib borishi va ma’naviy-ma’rifiy soha¬lar¬da amalga oshiri¬la¬yot¬gan islohotlar, ularning natijalari, O‘zbekis¬ton Respublikasining xalqaro maydonda obro‘si ortib borayotganligi, va ularning samarasi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida yurtimizning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy sohadagi yutuqlari, ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan Vatan, Tinchlik, Do‘stlik haqida she’rlar, kuy qo‘shiqlari yangradi. Bugungi tinch-farovon kunlarga shukronalar aytildi.Talabalardan bir nechtasi o‘z fikrlarini bildirdilar. Yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga berilgan imkoniyat va yaratilgan sharoitlar uchun hukumatimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.  “Mustaqillik darslari” fakultetning 37 ta akademik guruhlarida ko‘taringki kayfiyatda o‘tkazildi.

Dekan o‘rinbosari N.Qodirov




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика