ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Istiqlolning kezar shukuhi

26.08.2018 | Ko`rildi: 103 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Axborot xizmati

Vatanni sevmoq imon belgisi ekani muqaddas hadislarda keltirilgan. Bugungi zamonaviy til bilan aytganda esa uning taraqqiyoti uchun hissa qo‘shish har bir shaxsning fuqarolik burchi qadar ta’kidlanmoqda. Faqat buni har kim turlicha talqin etadi va turfa amallarda namoyon qiladi. Sharafli istiqlolning yil sayin bo‘y cho‘zayotgani barchaga birdek yangi imkonlar, zafarlar eshigini ochmoqda. Har yili mustaqillik ayyomini ko‘tarinki ruhda nishonlash ertangi kunga ishonch ila boqayotgan nigohlarga yanada quvvat baxsh etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik shodiyonasi munosabati bilan Namadgan davlat universitetida  "Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim" shiori ostidagi badiiy-musiqiy taqdimot kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda tayyorlanib, aynan shu sahnada o‘tkazildi. Dastur qatnashchilari va mehmonlari sifatida Namangan davlat universitetining barcha professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. 
  
Badiiy kechani tashkillashtirishda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev, Ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i I.Atamirzayev, Musiqa talimi kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Qo‘shinovalar bosh bo‘ldilar. Dastlab universitet rektori Ulug‘bek Inoyatov kirish so‘zi o‘rnida yig‘ilganlarni tantana munosabati bilan tabrikladi. Bir qator professor-o‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy sohalardagi mehnatlari etirof etilgan holda Faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
 



Badiiy-ijodiy qismlar esa NamDU ga yangi o‘quv yilida qabul qilingan talabalar ishtirokida taqdim etildi. Dastur ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, baletmestr Ra’no Qo‘shinova yoshlarning iqtidorini maqsadli ishlarga yo‘naltirishda muammo va qiyinchiliklarga duch kelmaganidan mamnunligi, buning sababi kirish imtihonlari shaffoflik asosida o‘tkazilgani, ijodiy bosqichning o‘zi kirish ballarini hal qilgani bois asl qobiliyat egalari saralanishi ta’minlanganini ta’kidladi. 


Milliy va zamonaviy ko‘rinishdagi musiqiy kompozitsiyalar, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijrosi, turli sahna chiqishlarida yoshlar bilan birgalikda teatr ijodiy jamoasining ishtirok etishlari kechaga asl sanat ruhini bag‘ishladi. Musiqa rahbari Turg‘unpo‘lat Davlatovning alohida e’tibor bilan yondashgani tadbir badiiy saviya hamda estetik jihatdan yuqori darajada o‘tishini taminladi. 

Mahliyo Teshaboyeva,
Namangan davlat universiteti  Matbuot kotibi




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика