ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Milliy tariximiz tiklanmoqda

18.08.2018 | Ko`rildi: 83 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Ахборот хизмати

Tinchlik atalmish oliy ne’mat tiriklikning baxtini, osoyishini va yetukligini ta’min etuvchi eng zaruriy omillardan hisoblanadi. Bu yo‘lda jasorat ila kurashgan, joninida garovga qo‘ygan ajdodlarning nomlari shu sababdan ham “buyuk zot” deya ardoqlanadi. Ularning xotirasini abadiylashtirish, oliyjanob fazilatlarini munosib baholash, milliy manfaat uchun xizmat qiluvchi ilmiy, madaniy, ma’naviy meroslarini kelajak avlodga ham ohari to‘kilmagan holda yetkazish jamiyat a’zolarining fuqarolik burchiga aylanib ulgurdi. Zero, o‘zbek xalqi o‘z siyosiy mustaqilligiga ega, taqdirining chin ma’nodagi muallifi, shonli tarixining ijodkori, uzoq yillik qadriyatlar sohibi hisoblanadi. Bularning barchasiga javoban amalga oshirilayotgan islohatlar bugun barchani faollikka chorlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari  bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari tizimida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” hududiy muzaylari tashkil topdi. Jumladan, 16 avgust kani Namangan davlat universiteti tuzilmasida ham Toraqo‘rg‘on tumanining markazida barpo qilingan Is’hoqxon To‘ra Ibrat majmuasida joylashgan “G‘oyibnazar Qozi madrasasi” hududida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzayining rasmiy ochilish ma’rosimi o‘tkazildi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” Davlat muzeyi direktori Hasanov Baxtiyor Vahabovich, Namangan viloyati Hokimligi rahbariyati, mazkur Davlat muzeyi rahbariyati, Respublika OTM vakillari, Namangan davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hudud aholisi ishtirok etdilar. Kirish so‘zi o‘rnida B.Hasanov tomonidan bu kabi xayrli ishlarning ahamiyati, maqsad-mohiyati xususida tushunchalar berib o‘tildi:

Ochilish marosimida NamDU rektori Ulug‘bek Inayatov so‘z olar ekan, mazkur maskan viloyat aholisi uchun chin ma’nodagi ma’naviy ozuqa bera oladigan qadamjolardan biriga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng oliy ta’lim muassasining Yoshlar ittifoqi yetakchisi Saidakbar Mutalov aynan yoshlar mazkur islohatlarga javoban nimalar qilish lozimligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilganlar va viloyat aholisi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining ochilishi munosabati bilan qutlandi. Tadbir esa qatnashchilarning muassasa faoliyati, har bir xonalarda jamlangan ekspazitsiyalaru tarixiy kompozitsiyalar bilan tanishish tarzida davom etdi. 

Muzey o‘z ichida davrlashtirilgan bo‘lib, uning ekspozitsiyasi O‘rta Osiyoning Chor Rassiyasi tomonidan bosib olinishi, Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, 1930-1937 yillar qatag‘onlari, 1940-1950 yillar qatag‘onlari, “Paxta ishi”, mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi va qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirilishi kabi bo‘limlardan iborat. Bularning barchasi ko‘plab tarixiy hujjatlar, davrga xos foto va video arxiv materiallari ko‘rinishida ifoda topgan. Shuningdek, o‘sha zamon nafasidan darak beruvchi maketlar, ayrim voqealarni aks ettiruvchi maneken va sahnalar, qatag‘on yillariga mansub ashyoviy materiallar ham joy egallagan. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylari milliy istiqlol yo‘lida shaxid ketgan, mustabid tuzim qatag‘on siyosati qurboniga aylangan ajdodlar xotirasini yod etish, tarixni yanada chuqurroq anglash va vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularining yanada ulg‘ayishida munosib vositachiga aylanadi. Yoshlarning ma’naviy dunyosi yanada shakllanishi, bugungi dorulomon kunlarning qadriga yetishu shukronalar keltirishda ham bu kabi xayrli amallarning ahamiyati cheksizdir.

Mahliyo Teshabayeva,
NamDU Matbuot kotibi




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика