ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

“Oq yo‘l Sizga, aziz bitiruvchilar!” shiori ostida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

04.07.2018 | Ko`rildi: 74 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: I.Atamirzayev

2018 yil 3 iyul kuni Namangan davlat universitetining Faollar zalida 2017/2018 o‘quv yilida o‘qishni tamomlayotgan bitiruvchi talaba-yoshlar uchun “Oq yo‘l Sizga, aziz bitiruvchilar!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda A.Isoqboyev universitet rektori U.Inoyatovning quyidagi tabrigini o‘qib eshittirdi.

Assalomu alaykum, aziz bitiruvchi talaba-yoshlar!

Mana Sizlar Namangan davlat universitetini tamomlab, katta hayot bo‘sag‘asida turibsizlar. Bu yil universitetimizni 25 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1257 nafar (davlat granti asosida 287 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 970 nafar), 10 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 24 nafar  (10 nafari davlat granti asosida 14 nafari to‘lov-kontrakt asosida) bitiruvchilar o‘qishni tamomlamoqda.

Mustaqil mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar tufayli Sizlar oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomladinglar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Muhtaram Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlariga barcha imkoniyatlarni yaratib berish bo‘yicha amalga oshirayotgan siyosati tufayli mamlakatimizda minglab yoshlar o‘z iqtidorlarini va salohiyatlarni namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu imkoniyatlardan foydalangan holda Namangan davlat universitetining bitiruvchi yoshlari ham ta’lim va fan sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadilar deya, umid qilamiz, bunga ishonamiz.

         Hurmatli bitiruvchi aziz talaba-yoshlar!

Sizlar Respublikamiz ijtimoiy hayotining qaysi sohada faoliyat ko‘rsatishingizdan qat’iy nazar Namangan davlat universitetining talabalari bo‘lib qolasizlar. Shu boisdan, mazkur dahldorlik xissi Sizlar bilan doimo birga bo‘lishini, “Men Namangan davlat universitetini tamomlaganman”, degan iftihor va mas’uliyat bilan yashashingizni hamda unga hamisha munosib bo‘lishingizni hohlar edik. Sizlarni kelgusida ulkan yutuqlar bilan ko‘rish bizga albatta fahr va iftihor bag‘ishlaydi.  

Ta’lim, fan, ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotning qaysi sohasida faoliyat ko‘rsatishingizdan qat’iy nazar o‘z kasbingizning yetuk mutaxassisi bo‘lishingizni, universitetda olgan bilimlaringizni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borishingiz muvaffaqiyat garovi ekanligini unutmang!

Shunday xursandchilik hukm surayotgan hozirgi onlarda Sizlarning kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, omadlar yor bo‘lishini tilayman. Oq yo‘l Sizga, aziz bitiruvchilar!    

Shundan so‘ng, o‘quv yili davomida o‘zining namunali o‘qishi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki va muvaffaqiyatlarga erishganligi uchun quyidagi talabalar va magistrantlarning ota-onalariga universitet rektori U.Inoyatovning “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Universitet rektorining “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlangan talabalar va ularning ota-onalari
RO‘YXATI

Yo‘nalishi

Talabaning F.I.Sh

Ota-onasining

F.I.Sh

Filologiya fakulteti

1

O‘zbek tili

B.Ashurov

Sh.Abduraxmonov

2

Rus tili

Sh.Turg‘unova 

R.Ko‘paysiddinov

3

Nemis tili

X.Boqijonova

M.Yusupova

Fizika-matematika fakulteti

1

Fizika

M.Usmonov

A.Usmonov

2

Hayot faoliyati xavfsizligi

Sh.Abdug‘apparov

A.Xidirov

3

Matematika

A.Usubjonov

A.Ismoilov

4

Amaliy matematika

S.Siddiqova

S.Siddiqov

Tabiiy fanlar fakulteti

1

Geografiya

B.Abduxalilov

M.Qodirova

2

Ekalogiya

O.Mamadaliyev

M.G‘opurova

3

Kimyo

X.Zokirov

Z.Zokirova

Ingliz filologiyasi fakulteti

1

Ingliz tili

X.Abduvoxidova 

D.Abduraxmanova

2

Ingliz tili

M.Tojiboyeva

Z.Isoqova

Jismoniy madaniyat fakulteti

1

Sport faoliyati

I.Xabibullayeva

N.Xodjayeva

2

Jismoniy madaniyat

M.Bekmirzayev

X.Bekmirzayev

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

1

Tarix

I.Axmadaliyev

M.Turg‘unova

2

Iqtisod

J.To‘xtaboyev

I.To‘xtaboyev

3

Milliy g‘oya

A.Akbarov

D.Tojiddinova

4

Arxivshunoslik

O.Akbarov

M.Akbarov

Pedagogika fakulteti

1

Maktabgacha ta’lim

M.Sharipova

U.Sharipov

2

Pedagogika-psixologiya

D.Jabbarova

Z.Jabbarov

3

Boshlang‘ich ta’lim

Z.Umarova

A.Umarov

4

Musiqiy ta’lim

J.Sherqulova

Q.Sherqulov

5

Musiqiy ta’lim

D.Jo‘rayeva

F.Jurayev

Shundan so‘ng, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev, bakalavriat bosqichini imtiyozli diplomga tamomlayotgan quyidagi talabalarni tabriklab,  ularga diplomlarni tantanali tarzda topshirdi.

  1. O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – S.Sodaliyeva, B.Ashurov;
  2. Fizika ta’lim yo‘nalishi – G.Mirbabayeva, B.Ergashev;
  3. Kimyo ta’lim yo‘nalishi – X.Zokirov;
  4. Ekologiya ta’lim yo‘nalishi – O.Mamadaliyev;
  5. Ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – F.Qahharova, O.Tkacheva;
  6. Sport faoliyati yo‘nalishi – N.Oripova, I.Xabibullayeva;
  7. Jismoniy madaniyat yo‘nalishi – A.Turg‘unov;
  8. Ijtimoiy-madaniy yo‘nalishi M.Toshkenboyeva;
  9. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari ta’lim yo‘nalishi A.Akbarov;
  10.  Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi N.G‘ofurova; D.Jabborova.

Shundan so‘ng, bitiruvchi talabalar o‘zlarining Vatanga sadoqat, o‘z kasblarini ardoqlash, universitetda olgan bilimlarini, bor-kuch g‘ayratlarini mustaqil davlatimiz uchun sarflashga qasamyod qildilar. Qasamyod matnini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi S.Mutalov o‘qib eshittirdi.

Tadbirda ish beruvchi tashkilotlar nomidan Namangan shahar halq ta’limi bo‘limi mudirasi D.Xoshimova, talab-yoshlarning ota-onalaridan Z.Isoqova, A.Nuriddinovalar  so‘zga chiqdilar. Ular bitiruvchi talaba-yoshlarga mustaqil hayot yo‘llarida oq yo‘l tilab, oliy dargohda olgan bilimlarini kelgusida yoshlar tarbiyasida qo‘llab, yurtimiz ravnaqi, buyuk kelajagimiz uchun astoydil mehnat qilishlarga chorladilar. Universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Shundan so‘ng bayram tadbirining musiqali qismi boshlandi. Unda Namangan viloyati musiqali drama teatri xonandasi A.Muhiddinov, universitetning Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari D.Baxriddinov, G.Usmonjonova, U.Ahmadjonov, A.Qodirovlar tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev tadbirni yakunlar ekan tadbir ishtirokchilariga, ota-onalarga, talaba-yoshlarga  o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev

 




Mabaa: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика