ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

O‘zbekiston Xalq artisti Kamoliddin Rahimov xotirasiga bag‘ishlab “El ardoqlagan san’atkor” nomli tadbir o‘tkazildi

12.06.2018 | Ko`rildi: 40 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: I.Atamirzayev

2018 yil 12 iyun kuni Namangan davlat universiteti katta faollar zalida betakror ovoz sohibi, O‘zbekiston Halq artisti Kamoliddin Rahimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “El ardoqlagan san’atkor” nomli tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirni universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Qodirxonov ochib  xofiz haqida iliq so‘zlarini ayniqsa Kamoliddin Rahimov ijodiga bo‘lgan cheksiz dil izxorlarini aytib o‘tdi.

So‘ng O‘zbekiston Halq artisti Kamoliddin Rahimov hayoti va faoliyati to‘g‘risida Namangan musiqali drama teatri aktyori Ma’rufjon Niyozovga so‘z berildi.  

Tadbirda shuningdek ustoz san’atkorning shogirdlari Isoqjon Jo‘raxonov, Dostonbek Baxriddinov, Umidjon Qoraboyev, Xamidjon Mallaboyev, Abduraxmon Sultonov, Doniyor Xabibullayev, Xumoyun Baxodirov xam Kamoliddin Rahimovning o‘g‘illari Xusanboy Rahimovlar ishtirok etdilar. 

Tabirda ustoz  san’atkor Kamoliddin Rahimovning “Kutaman”, “Turnalar”, “Nargiz”, “Yaxshilarga ergashib”, “Ustozga marsiya”, “O‘n sakkizda yor yoshi” kabi dil tortar qo‘shiqlari ijro etildi. 

Tadbirda  Xakimjon Siddiqovning  ustoz san’atkor Kamoliddin Rahimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “El ichra nazar topdim”, hamda  Musiqiy ta’lim kafedrasi professori Orifjon  Azizov  tomonidan tayyorlangan “El ardoqlagan san’atkor” nomli kitobning ham taqdimoti o‘tkazildi.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev




Mabaa: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика