ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi PQ-3775-sonli Qarori bilan batafsil tanishtiruv.

03.07.2018 | Ko`rildi: 138 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: Muxriddin Sodirjonov

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori mazmun mohiyati bilan tanishtirildi.

Fakultet dekani N.Dexqonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami bilan barchani tabrikladi. So‘ngra yiig‘ilish kun tartibi bilan barchani tanishtirdi. Kun tartibining birinchi masalasi bo‘yicha so‘zni Tarix kafedrasi dotsenti S.Boltabevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilish uchun berdi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolayotganligini va ushbu qaror bu to‘siqlarni bartaraf etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashdi. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Qarorda bu sohalarning barchasi keng va batafsil o‘z ifodasini topgan. Oliy ta’lim tizimi vakillari uchun ayniqsa ortiqcha majlisbozlikka va xizmat vazifasi doirasiga aloqasi bo‘lmagan tadbirlarga jalb etilganlik uchun javobgarlikning belgilanishi mahalliy rahbarlar faoliyatiga yana bir ochiq nazar bilan qarashga undovchi omildir.

Soha vakillari uchun o‘ta zarur va muhim bo‘lgan bu oliy darajadagi hujjatni amaliyotga tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.

Muhokamalarda so‘z olgan tarix fanlari nomzodi N.G‘ofurov quyidagi fikrlarni berib o‘tdi: - keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur qaror bo‘yicha Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri O.Mamatov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va belgilangan vazifalarni o‘z muddatida sifatli tarzda bajarishga jamoani salohiyati yetishini ta’kidlashdi.   

Savol-javoblardan so‘ng majlis raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yichha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-sonli Qarorini ijro va ma’lumot uchun qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qarorning mazmun-mohiyati barcha kafedralar yig‘ilishlarida muhokama etilishi hamda akademik guruhlarda o‘tkaziladigan “Murabbiylik va axborot soatlari”da talabalarga yetkazilishi belgilandi. 

N.Dexqonov
Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani




Mabaa: Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика