ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

O‘zbekiston Respublikasida Ijtimoiy-madaniy faoliyatning dolzarb muammolari va istiqbollari

16.05.2018 | Ko`rildi: 23 | Ilmiy faoliyat

Foto: Muxriddin Sodirjonov

Namangan davlat universiteti  joriy yilning 15-16 may kunlari respublika miqyosidagi yana bir yirik ilmiy konferensiyaga mezbonlik qildi. “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi mazkur konferensiyani innovatsiya va ilmi ishlar bo‘yicha prorektor, k.f.n., dotsent M.Qodirxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyada  siyosiy fanlar doktori, professor T.Fayzullayev, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish kafedrasi mudiri B. Salaydinov, dotsent H.Shodiyev, Axsikent arxeologik merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori t.f.n, T.Qozoqov, Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi tarix bo‘limi mudiri L.Ahmadaliyeva, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti B.Sobirov, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent O.Mamatov,  Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent O.Topildiyev,  kafedra dotsenti, t.f.n. Z. Xaydarov, Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi M. Rustamaliyevlar ijtimoiy-madaniy faoliyatni takomillashtirish, muammo va ularning yechimlari borasida  ma’ruzalar qildilar.

Konferensiyaning ikkinchi kuni “Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tarixiy evolyutsiyasi”, “Ijtimoiy-madaniy faoliyatda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining sotsiologik tahlili”, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bilan  ishlash muammolari ob’ektlari”, “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va ta’lim muassasalarida ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etish masalalari”, “Ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining o‘rni” mavzularida  sho‘‘balarda davom etdi. Konferensiyaning yopilish marosimida sohani takomillashtirish bo‘yicha yakuniy xulosalar ishlab chiqildi va an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta o‘tkazishga kelishib olindi.  Faol ishtirokchilar  maxsus diplom va esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandi.  

Konferensiya ishtirokchilari  Ibrat majmuasiga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Ma’rifatparvar  Isxoqxon to‘ra Ibratni xotirlab haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Baxromjon Inatullayev, 
Muxriddin Sodirjonov, 
Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi o‘qituvchilari




Mabaa: Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика