ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Xalqaro oila kuni” ga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi

16.05.2018 | Ko`rildi: 65 | Hamkorlik

Foto: I.Atamirzayev

2018 yil 15 may kuni Namangan viloyati xokimligi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “OILA” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  Namangan viloyat borshqarmasi va Namangan shahar bo‘limi hamda Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Seminarda “OILA”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Namangan viloyat boshqarmasi rahbari M.Maxsudova, Seminarda “OILA” ilmiy-amaliy  tadqiqot markazi Namangan shahar boshqarmasi rahbari A.Mavlyanov, O‘zini –o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan  shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari X.Qaxxarov, 2-sonli FXDYo bo‘limi mudirasi L.Xodjayeva, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Namangan shahar vakili M.Abbosiddinov, O‘zbekiston  Qizil  Yarim  Oy  Jamiyati Namangan viloyati kengashi raisi D.Sayfitdinovalar ishtirok etdilar. 

Seminarni universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Qodirxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Seminar ishtirokchilari “Oilalarda sog‘lom  muxitni yaratish, oilalar  mustaxkamligi, qo‘shnichilik munosabatlarida  o‘zaro hurmat, mehr-oqibatli bo‘lish hamda aholi o‘rtasidagi hamjixatlikni ta’minlashdagi axamiyati”, “Notinch oilalardagi muxitni sog‘lomlashtirishda Yarashtirish komissiyasi a’zolarining mas’uliyati”, “Islom dinida nikoh va oilaga munosabat masalasi”, “Oilada sog‘lom muxitni yaratishda tibbiy madaniyatni roli” mavzularida ma’ruzalar qildilar. 

Seminar yakunida ishtirokchilar bilan qizg‘in savol javoblar o‘tkazildi.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev




Mabaa: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика