ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

Yosh olimlar Farg‘ona vodiysi ilmiy anjumani: tahlillar, muhokamalar, amaliy natijalar

15.05.2018 | Ko`rildi: 25 | Ilmiy faoliyat

Foto: Sardor Rustamov

“Yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan yetuk kadrlarni tanlab olish va tarbiyalash vazifasiga yanada katta e’tibor qaratiladi.” Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 22 yanvardagi “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmonining yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bandlarini ta’minlash shuningdek, yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan o‘tkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish kabi masalalar bugungi kunda o‘z dolzarbligini ko‘rsatmoqda. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, Respublika hayotining turli sohalarini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Namangan davlat universiteti rektorining 2018 yil 15 martdagi 152 A/O-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning o‘rni” shiori ostidagi “Farg‘ona vodiysi yosh olimlari” II-hududiy ilmiy anjumani 2018 yil 12 mayda Namangan davlat universitetida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. 

Ilmiy anjumanga 10 ga yaqin Farg‘ona vodiysi Oliy ta’lim muassasalari jumladan: Farg‘ona davlat universiteti, Toshken tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali, Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, Namangan muhandislik texnologiyalari instituti, Namangan muhandislik qurilish instituti, Andijon tibbiyot instituti hamda Namangan davlat universitetining 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari, talaba va magistrlar hamda kichik hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar, shuningdek, 20 ga yaqin Farg‘ona vodiysining o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi o‘qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi. Kelib tushgan maqolalarni tahrir qilish va nashrga tavsiya etish bo‘yicha Namangan davlat universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi ko‘rib chiqdi va 120 ga yaqin ilmiy maqolalar ilmiy to‘plam sifatida chop etildi. 

Ilmiy anjuman 3 ta yo‘nalishda ish olib bordi. 

1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi

2. Tabiiy fanlar yo‘nalishi

3. Aniq va texnika fanlari o‘nalishi

Ilmiy anjumanning yalpi majlisini universitet prorektori K.Boymirzayev kirish so‘zi bilan ochib berib ishtirokchilarga va anjuman ishiga omad tiladi. Shundan so‘ng dolzarb va ilmiy asoslangan 4 nafar ishtirokchilarning ma’ruzalari yalpi majlisda eshitildi. 

Jumladan NamDU Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori B.Abdulazizov, Ingliz filologiyasi talabasi M.Sayfiddinova, Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti N.Haydarova va Farg‘ona davlat universiteti talabasi Z.Sultanovalarning ma’ruzalari ishtirokchilarning qizg‘in bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi. 

Yakunda belgilangan yo‘nalishlardan g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Universitet rahbariyati, Kasaba uyushma qumitasi, Ilmiy bo‘lim hamda Yosh olimlar Kengashining qimmatbaho sovg‘alari, diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandilar. 

NamDU Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxrom Urinov 

Yosh olimlar Kengashi raisi Sardor Rustamov




Mabaa: Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика