ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!»

10.05.2018 | Ko`rildi: 39 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: To‘xtabayev A’zamjon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida belgilab berilgan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan 2018 yil 5-6 may kunlari Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Arxivshunoslik yo‘nalishi ARX – 70-15 -  guruhi talabalari «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlariga ekskursiya uyushtirdilar. Mazkur sayohatga guruh rahbari, “Arxivshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi A’zamjon To‘xtabayev rahbarlik qildi.

Talabalar mazkur ekskursion sayohatni To‘raqo‘rg‘on¬-Chust-Pop¬-Dang‘ara¬-Qo‘qon-Uchko‘prik-Bag‘dod-Rishton-Oltiariq-Marg‘ilon yo‘nalishi bo‘yicha olib bordilar. Talabalar sayohatni dastlab Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi dunyoga mashhur Xudoyorxon O‘rdasi bilan tanishishdan boshladi. Mazkur me’moriy yodgorlik 1863¬-1870 yillarda Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, vodiydagi eng katta me’moriy majmua hisoblanadi. Majmua mustaqillik yillarida qaytadan to‘liq ta’mirlanib, yangicha qiyofa kasb etganligi talabalarda katta taassurot qoldirdi. O‘rdaga kirish zinasining uzunligi, unda xonlik tarixini o‘zida aks ettiruvchi eksponatlarning  xilma-xilligi va rang-barangligi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng talabalar rahbarlari hamrohligida shaharning “Yangi Chorsu” mahallasi hududida joylashgan Qo‘qon xonlarining dahmasi hisoblangan “Dahmai shohon”ga tashrif buyurdilar. O‘z o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, mazkur me’moriy ansambl xalq orasida “Shayx mozor” va “Suq mozor” nomlari bilan mashhur bo‘lib, unga Qo‘qon xonlaridan Umarxon, Madalixon va Nasriddinbeklar, shuningdek, shoira Nodirabegimlar dafn etilgan.

Shundan so‘ng talabalar shahardagi Kamolqozi, Hokimoyim, Sulton Murodxon madrasalarida bo‘lib, u yerda me’moriy uslublar, binolarning muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, ziyoratchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Talabalar ikkinchi kun Uchko‘prik-Bag‘dod-Rishton-Oltiariq yo‘nalishi orqali Marg‘ilon shahriga yo‘l oldilar. Ular Marg‘ilonda dastlab sayohatni shaharning muhim me’moriy majmuasi hisoblangan “Pir Siddiq” majmuasi bilan tanishishdan boshladilar. Majmuaning qurilish uslubi, ziyoratchilarga yaratilgan sharoitlar, majmuadagi olib borilayotgan madaniy tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng Marg‘ilonning faxr-iftixoriga aylanib borayotgan “Yodgorlik” majmuasiga tashrif buyurdilar. Majmuada Marg‘ilon hunarmandchiligining qadimiy an’analarini o‘zida aks ettirgan pavilonlar, chet ellik va mahalliy turistlarga yaratilgan shart-sharoitlar a’lo darajada ekanligi e’tirof etish lozim. Shuningdek, mashhur Marg‘ilon atlasining to‘qilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. 

Shundan so‘ng talabalar Marg‘ilon-Qo‘shtepa-Yozyovon-Ulug‘nor yo‘nalishi orqali Namangan shahriga katta taassurotlar bilan qaytib kedilar.

To‘xtabayev A’zamjon – Namangan davlat universiteti Arxivshunoslik kafedrasi  katta o‘qituvchisi




Mabaa: Arxivshunoslik kafedrasi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика