ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

O’zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to’g’risida

19.04.2018 | Ko`rildi: 69 | Axborot soatlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari Ilhom Alievni Ozarbayjon Prezidenti saylovida ishonchli g’alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi. 

Saylov natijalari qardosh ozarbayjon xalqi Ilhom Alievni keng qo’llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, davlat rahbarining shaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izchil iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan samarali siyosatni yuksak baholashini yana bir bor namoyon etgani alohida ta’kidlandi. 

Ko’p asrlik do’stlik va strategik sheriklikka asoslangan O’zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati va dini umumiy, ma’naviy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari mushtarak. 

Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi. 

O’zaro savdo hajmi barqaror yuksak sur’atlar bilan o’smoqda, ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz majmuida istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. 

Yangi “Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Kars” temir yo’l magistrali, shubhasiz, butun mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tranzit salohiyatini ro’yobga chiqarishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. 

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda, qo’shma tadbirlar muntazam o’tkazilmoqda. 

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O’zbekiston – Ozarbayjon ko’p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Muloqot yakunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievni mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi. 

Ozarbayjon Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O’zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. 


Yuklab olish uchun ilova fayli (*.doc)
Fayl hajmi: 106 Kb

Mabaa: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика