ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Barcha internet xizmatini ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar diqqatiga!

05.03.2018 | Ko`rildi: 142 | E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3237-son qarori talablaridan kelib chiqib, universitetga 2018 yil davomida internet xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha eng maqbul takliflarni tanlab olish maqsadida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Universitetda axborot resurslari uchun chegaralanmagan traffikdagi tashqi internet tarmog‘iga kirish tezligi soat 08:00 dan 20:00 gacha 30 Mb/s 20:00 dan 08:00 gacha 6 Mb/s doimiy (stabil) tezlikda va chegaralanmagan trafikdagi TAS-IX qamrovida bo‘lgan internet tarmog‘iga kirish tezligi 100 Mb/s doimiy (stabil) tezlikda internet xizmati ko‘rsatish oyiga 6.000.000 so‘mdan yillik (10 oyga) 60.000.000 (oltmish million) so‘m, xizmat ko‘rsatish muddati 10 oy.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 10 kun muddat ichida tanlov komissiyasiga o‘z takliflarini berishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi shart:

1. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommuniqatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet tarmog‘i xizmatini ko‘rsatish uchun ijobiy xulosaga ega bo‘lishi;

2. Provayder tomonidan axborot xavfsizligi choralarini ko‘rilganligi;

3. TAS-IX qamrovida bo‘lmagan internet axborot resurslar uchun chegaralanmagan (Unlimited) traffikdagi internet tarmog‘iga kirish tezligi (kamida 100ta kompyuter uchun) 08:00 dan 20:00 gacha 30 Mb/s 20:00 dan 08:00 gacha 6 Mb/s doimiy (stabil) tezlikni va TAS-IX qamrovida bo‘lgan internet axborot resurslari uchun chegaralanmagan (Unlimited) trafikdagi internet tarmog‘iga kirish tezligi (kamida 100ta kompyuter uchun) 100 Mb/s doimiy (stabil) tezlikda ta’minlashi va tezlik sifatiga kafolat berishi;

4. 3-bandda keltirilgan internet xizmatini PPoE tipida emas, statik IP orqali hamda optik tolali kabelda taqdim etishi;

5. Internet tarmog‘ini hamda traffik tezligini nazorat qilib turishi, nosozliklar yuzaga kelgan paytda o‘z vaqtida servis xizmati ko‘rsatishi shart.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Namangan shaxri, Uychi ko‘chasi, 316-uy. Telefonlar: (369) 227-01-44, 227-21-07

№ 2 05.03.2018y.




Mabaa: NamDU xisobxonasi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика