ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Kasb-xunar kollejlarida “Ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar” masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

06.03.2018 | Ko`rildi: 130 | Hamkorlik

Foto: S. Boltaboeva

Yig‘ilish avvalida To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji    direktori G.Sodiqova so‘zga chiqib kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi.  Muxtaram Yurtboshimiz  hamda  hukumatimiz tomonidan xalqimizga ayniqsa kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga alohida e'tibor qaratilayotganligi, ularni barkamol bo‘lib, hyech kimdan kam bo‘lmagan holda voyaga yetishlari, ilm olishi, kasb egallashi, baxtiyor yashashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratilgani, ko‘plab yoshlarimiz bu imkoniyatlardan foydalangan holda ilm olishib, fan-texnika va sport yo‘nalishlarida bir qator yutuqlarga erishayotganliklari, Vatanimizga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan farzandlarimizni borligi quvonarli  ekanligi va ta'lim jarayoniga e'tibor  oshganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.  

Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish KHK filial mudiri,NamDU  “Pedagogika va psixologiya”kafedrasi  katta o‘qituvchisi Usmonova Saodat Umarovna so‘z olib, ta'lim jarayonidagi yangiliklar, o‘qituvchi va o‘qituvchining mas'uliyati, ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta'lim jarayoniga innovatsion g‘oyalarni qo‘llash va kasbiy kompetensiyani oshirish bo‘yicha kollej o‘qituvchilariga o‘z metodik tavsiyalarini berib o‘tdi. Kollej o‘qituvchilari bilan qizg‘in munozara tarzida tashkil etilgan bu yig‘ilishda ishlab chiqarish ta'limi ustasi S.Erqulov, Iqtisod fani o‘qituvchisi F.Yo‘ldoshevlar o‘z fikrlarini o‘rtoqlashib,  ta'lim jarayoniga oid takliflarini kiritdilar. 

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan NamDU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Mirzaabdullaeva, A.Turg‘unboeva   o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar va pedagogik kompetensiyani oshirish bo‘yicha psixologik trening o‘tkazdilar. Trening davomida kollej pedagoglari bir necha jamoalarga ajralgan holda berilgan topshiriqlarni bajarishdi. Treningda kollej pedagog jamoasi faol ishtirok etib, bilim va malakalarini namoyish etdilar. 

Kollej jamoasi ushbu treningdan katta taassurotga ega bo‘lib, o‘z kasblari naqadar fidoiy va faxrli kasb ekanligini, kelajak avlod tarbiyasida muhim omillardan biri sifatida jamiyat hayotida ishtirok etayotganlaridan mamnun bo‘ldilar. Ushbu kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.filial mudiri S. Usmonova




Mabaa: Pedagogika-psixologiya kafedrasi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика