ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Oqilxon Sharofiddinov tavallud topganiga 120 yil to‘ldi 

02.03.2018 | Ko`rildi: 1037 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: E.Vohidov

Ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan O‘zbekiston ta'lim sohasini rivojlantirishga va yoshlar ta'lim – tarbiyasiga samarali hissa qo‘shgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Oqilxon Sharofiddinov tavalludining 120 yilligini nishonlash maqsadida universitet faollar zalida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev kirish so‘zi bilan ochib berdi va Oqilxon Sharofiddinov hayot yo‘li haqida so‘zlab, ustoz pedagogning 1898 yil Toshkentda tavallud topgani  madrasa talabasi bo‘lgani, qunt bilan ilm olgani, maorif bo‘limi tomonidan 19 yoshida To‘ytepa qishlog‘ida ochilgan yangi maktabga ishga yuborilgani. 1924 yil Toshkentga qaytib kelgani, 14-sonli maktabda 50 yil uzluksiz yoshlarga bilim va tarbiya berganini yoshlarga yetkazdi. Shundan so‘ng Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti N.Ulug‘xo‘jaev so‘zga chiqib, Oqilxon Sharofiddinov faoliyati haqida so‘zlar ekan, Oqilxon Sharafiddinovning S.Saidazizov, A.Avloniy, Elbek, A.Zohiriy, Y.Shoshiy kabi maorifimiz darg‘alari asarlari asosida 1929-1930 yillarda “Bilim va mehnat”, “Mehnat bolalari” kitoblarini yaratgani, ayniqsa, 1938-yilda “Alifbe”, 1944-yilda “O‘qish kitobi”, “Chiroyli yozuv” qo‘llanmalari o‘z vaqtida yoshlarning bilim olishi va tarbiyasida aloxida o‘rin tutganini ta'kidladi. 1936-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, 1968-yilda “Mehnat Qahramoni” unvonlari bilan taqdirlangani, Uchtepa tumanidagi 129-sonli o‘rta umumta'lim maktabiga ustoz nomi berilib, Oqilxon Sharafiddinov muzeyi tashkil etilayotganini ta'kidladi.   Tadbir davomida Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta'lim metodikasi” kafedrasi talabalari tomonidan Oqilxon Sharafiddinov xayoti va ijodigi bag‘ishlangan “Millatimiz iftixori” deb nomlangan adabiy tadbir ishtirokchilar e'tiboriga xavola etildi.

Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi E.Vohidov




Mabaa: Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика