ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Shashmaqom – o‘zbek xalqining ulkan musiqiy boyligi” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.

02.03.2018 | Ko`rildi: 136 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: X. Mirzaaxmedov

2018 yil 22 fevral kuni Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo‘nalishida navbatdagi “Murabbiylik va Axborot soati”da  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3391-sonli Qarori targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Shashmaqom – o‘zbek xalqining ulkan musiqiy boyligi” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.  

Davra suhbatiga Namangan San'at kolleji An'anaviy ijrochilik kafedrasi o‘qituvchilari (Oybek Hoshimjonov va Nodirbek Boqixonov) va shu yo‘nalishning 2-bosqichida taxsil olayotgan o‘quvchilar (Yo‘ldoshev Samandar, Sultonmurodova Oydina, Nurmirzaev Umid, Erkinov Shoxruxbek, Tursunov Jamshid va Mannonboev Qa'ramon) idan  tashkil topgan cholg‘uchilar ansambli (ansambl rahbari - Oybek Hoshimjonov) taklif etildi.  

Davra suhbatini kafedra o‘qituvchisi, 201-guruh murabbiyi B. Abdurahmonov ochib, taklif etilgan mehmonlarni tanishtirib, o‘zbek milliy musiqasi rivoji, madaniyat sohasidagi islohotlar mohiyati, axamiyati va zarurati haqida, ayniqsa, 2017 yil 17 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-sonli Qarori targ‘iboti yuzasidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida gapirib, tashkillashtirilgan mazkur tadbir ham aynan Qaror mazmun-mohiyati targ‘ibotiga qaratilganligini ma'lum qildi.

Tadbirda musiqa san'ati va madaniyat sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, Namangan viloyatida, shuningdek, Namangan San'at kolleji faoliyati doirasida Prezident Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda Maqom tarixi, zamonaviy  ijrochilik, o‘zbek milliy musiqasining inson qalbiga estetik rux bag‘ishlashi, ma'naviy tarbiya vositasi bo‘lishi kabi  ma'lumotlar berildi, kollej ansambli cholg‘uchilarining individual ijro mahorati namoyish qilinib, maqom ijrosi va xalq cholg‘ulari xaqidagi fikrlari eshitildi.

Tadbir yakunida kafedra mudiri dots. X. Mirzaaxmedov o‘zbek milliy musiqa san'ati, ana'anaviy cholg‘ular ijrosi hamda Qaror targ‘iboti yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kollej o‘qituvchilari va ansambl jamoasiga minnatdorchilik izhor qilib, mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan “Tashakkurnoma” yorlig‘ini topshirdi.

Geografiya kafedrasi mudiri X. Mirzaaxmedov




Mabaa: Geografiya kafedrasi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика