ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

“Biz -  sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

28.02.2018 | Ko`rildi: 208 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: I.Atamirzayev

2018 yil 28 fevral kuni Namangan dalvt universiteti faollar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi”ning 14-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz - sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev, Namangan viloyati OIV/OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim boshlig‘i M.Fozilov, epidemilog-vrach K.Boquboyev, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev? NamDU sog‘lomlashtirish bo‘limi vrach- hamshiralari N.Tojiboyeva va F.Muxiddinova hamda universitet talabalaridan 328 nafari ishtirok etdi.

Tadbirni universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev ochdi va olib bordi.

Targ‘ibot tadbirida so‘z olgan Namangan viloyati OIV/OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim boshlig‘i M.Fozilov sog‘lom turmush tarzi, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, migrantlar o‘rtasida OIV infektsiyasi profilaktikasi yuzasidan ma’ruza qildi.

Ma’ruzada OIV infektsiyasining epidemiologiyasi, etiopatogenezi, klinik belgilari, bemorlarni parvarish qilish, davolash mohiyati va uning maqsadi, qo‘llanilayotgan preparatlar OIVning laboratoriya diagnostikasi, OIV infektsyasining profilaktikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shifoxonalarda OIV bilan zararlanishni oldini olish va qon va boshqa biosuyuqliklar bilan zararlanganda, igna va boshqa tibbiy jixoz orqali teri butunligi buzilganda, olib boriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

OIV infektsiyasining tarqalishi, belgilari, migratsiya orqali OITS kasalligining tarqalishini oldini olishda olib boriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar, yoshlar o‘rtasida OIV infektsiyasini oldini olish, sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda qatnashgan talbalarga OIV infektsiyasi to‘g‘risida bukletlar tarkatildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomnidan javob oldilar.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev




Mabaa: Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика