ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati “Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi” mavzusida tadbir o‘tkazildi

10.02.2018 | Ko`rildi: 96 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: I.Atamirzaev

Namangan davlat universitetida buyuk bobokolonimiz, sùz mulkining sultoni, ùzbek tilining asoschisi, Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi” nomli  bilan tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Namangan davlat universiteti ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi boshlig‘i, shoir Jamoliddin Muslim, shoira Ruqiya G‘ozieva, tarjimon va yozuvchi Rustamjon Ummatov, filologiya fanlari doktori Xurniso Usmonova va universitet talabalaridan 128 nafari ishtirok etdilar. 

Tadbirni Namangan davlat universiteti ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev ochib, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan, o‘zbek tilining asoschisi bo‘lgan Mir Alisher Navoiy Hazratlarining shaxslariga yuksak hurmat ko‘rsatib, u zotning beqiyos ilmiy, ma'naviy merosini munosib ravishda o‘rganish va o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazish maqsadida 1991– yilni “Alisher Navoiy” yili deb e'lon qilinishi ham O‘zbek xalqining bu buyuk mutafakkir bobomizga bo‘lgan yuksak hurmati namunasi bo‘ldi deya fikrlarini bayon etdi.

Tadbirda so‘z olgan ishtirokchilar, Hazrat Mir Alisher Navoiyning ùzbek tili va adabiyotiga qo‘shgan mislsiz hissasi, bizlarga qoldirgan beqiyos ilmiy merosi, bobomizning so‘z mulkining daxosi ekanini, Hazrat Navoiy va ustozi Lutfiy bilan bo‘lib o‘tgan “Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har laxza yosh…” bilan boshlanuvchi mashxur baytlarini hamda ana o‘sha baytlari uchun ustozi Lutfiy hayoti davomida yozgan 70 ming baytdan iborat bo‘lgan barcha asarlarini almashishga tayyor bo‘lganligi haqidagi mashxur rivoyatni yodga olib o‘tdilar.

Tadbir davomida  Alisher Navoiyning asarlarini teranroq va chuqurroq o‘rgangan talaba, hayotda o‘z o‘rnini munosib egallab, yuksak aql va idrokka erishib, ma'naviy kamolot lazzatidan bahramand bo‘ladi degan mulohazali fikrlarini ham bildirib o‘tdilar.

Hazrat Mir Alisher Navoiyning bizlarga qoldirgan ilmiy meroslarinji ta'lil qilib, asarlarining yuksak mohiyatini anglar ekanmiz, insonning ruxiyatini ma'naviy bilimlar bilan osoyish etajagini xis qilib boraveramiz. 

Alisher Navoiyning asarlarida, vatanga bo‘lgan muxabbat, ezgulikka chorlov, chin insoniy fazilatlar, oshiqlik va ruxoniyatga bag‘shlangan ekanini aqlan xis etamiz. Navoiyshunoslar ta'kidlaganlaridek, u zotning ilmiy meroslarini qancha o‘rgangan sari, shunchalik ma'no-mazmuni boyib boraveradi.

Ma'naviy ilmlar mulkining sultoni, so‘z boyligining posboni, O‘zbek elining buyuk o‘g‘loni bo‘lgan Hazrat Mir Alisher “Navoiyning siymosi va uning biz avlodlarga qoldirib ketgan ma'naviy meroslarini qunt bilan o‘rganish – yoshlarimizning ma'naviy dunyoqarashlarini shakllanishi va mustaxkamlanishida juda katta ilmiy manbaa” deb ta'rif beradigan bo‘lsak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. 

Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev




Mabaa: Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика