ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar va ularning ota-onalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi 

10.02.2018 | Ko`rildi: 25 | Madaniy-ma'rifiy faoliyat

Foto: I.Atamirzaev

2018 yil 8 fevral kuni Namangan davlat universiteti majlislar zalida Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yurituvchi ayol hodimalar bilan  targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Targ‘ibot tadbirida Namangan viloyati IIB TEQKB tezkor vakili-mayor R.Qodirova, TEQKB katta tezkor vakili mayor G.Obidova, JDShMBI va IYuB boshlig‘i o‘rinbosari-podpolkovnik D.Redjabova, kadrlar boshqarmasi inspektori mayor Sh.Valieva, Namangan shahar IIB JQB katta tezkor vakili mayor N.Adasheva, Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tergovchisi leytenant M.Nabijonova, universitetning xotin-qizlar qo‘mitasi raisi X.Usmonova, professor-o‘qituvchilar hamda universitet talaba qizlari va ularning onalari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida joriy yilning yanvar oyi davomida viloyatda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari muxokama qilindi. 

Xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, tashabbuskorlik va yetakchilik qobilyatini rivojlantirishda oliy ta'limda taxsil olayotgan talaba qizlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tizimidagi bir necha yo‘nalishlar, huqubuzarliklar profilaktikasi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, tergov va kadrlar boshqarmasi vakillariga talabalar tomonidan savollar bilan murojaat qilindi. 

Har bir hodima tomonidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha berilgan savollarning mavzusidan kelib chiqib javob berdilar.

Yoshlar o‘rtasida kelib chiqayotgan muammolarning aksariyat qismi globallashuv jarayonlari, axborot xurujlari va internetning salbiy asoratlari ta'sirida vujudga kelayotganligi ta'kidlandi. 

Bu borada amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar borasida fikrlar bildirilib, kelgusidagi hamkorlik masalalalari bo‘yicha kelishib olindi.   

Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev




Mabaa: Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика