ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

2017 / 2018 o‘quv yili qabuli nozomi

29.12.2017 | Ko`rildi: 837 | Abiturientlarga

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori («O‘zbekiston Respublikasi QHT», 2010 yil, 24-25-son, 195-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
2017 yil 20 iyun,
393-son


Yuklab olish uchun ilova fayli (*.pdf)
Fayl hajmi: 2.4 Mb

Mabaa: www.lex.uz

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика