ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Jismoniy madaniyat fakulteti

29.12.2017 | Ko`rildi: 982 | Fakultetlar

Fakultet dekani: – pedagogika fanlari nomzodi  dots. Azizov Sabithan Valiyevich
Fakultet manzili: Uychi ko‘chasi, 316, 8- bino
Tel:(8-369)227-20-97, mobil: +998913545004
e-mail: 
Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 14:00dan 16:00 gacha

Dekan o‘rinbosarlari:

Nuritdin G‘oziyev (o‘quv ishlari bo‘yicha)

Rustamjon Dadaboyev (ma’naviy axloqiy-tarbiya ishlari bo‘yicha)

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi: 

5112000 Jismoniy  madaniyat

5610500 Sport  faoliyati (Sport turlari bo‘yicha)

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura mutaxasisligi tayyorlanadi:

5A112001 Jismoniy madaniyat   

1971  yilda sport bo‘limi asosida Jismoniy madaniyat  Fakulteti tashkil etildi. Hozirgi kunda Fakultetda jami  428 nafar talaba bo‘lib, shundan 418 nafari bakalavr va 10 nafari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oladilar.

Fakultetida 40 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim va tarbiya ishlarini olib bormoqdalar.  Ulardan 8 nafari fan nomzodlari, 3 nafari dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi, 24 nafari o‘qituvchilardir. 

Fakultetning moddiy-texnik bazasi keyingi yillarda keskin o‘sdi.  Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning amalga oshirish uchun yetarli darajada sharoitlar  yaratilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quv dasturlariga mos  ravishda  darslik va o‘quv-qo‘llanmalar yaratishga e’tibor qaratmoqdalar. 

Fakultetda tizimli ravishda iqtidorli talabalar bilan ish olib boriladi. 

Universitet va Respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan konfrensiyalarda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar hamkorligida ilmiy maqola va tezislar bilan ishtirok etib kelishmoqda. 

Fakultet magistranti Sardor Rustamov “Yurt kelajagi-2014” Respublika tanlovi g‘olibi, “XXI asr-intellektual avlod asri” konferensiyasining  Respublika  bosqichi sovrindori hamda 2014 yil “Navoiy” nomidagi Davlat  stipendiyasi sohibi  bo‘ldi.

Fakultet talabalarining sportdagi erishgan yutuqlari: 

Namangan shahrida o‘tkazilgan “Universiada-2000” sport musobaqalarida Namangan viloyati terma jamoasi birinchi o‘rinni egallashdi, shaxsiy birinchilikda yengil atletika bo‘yicha Ekaterina Kremleva, belbog‘li kurash bo‘yicha Shuhrat Bozorov, kurash bo‘yicha Ayubxon Kamolov, futbolchi Rustam Qurbonboyevlarni aloxida yutuqlari uchun Respublikamiz prezidenti I.A. Karimov tomonidan taqdirlandilar. 

Bokschi talaba To‘lashboy Doniyorov xalqaro miqiyosidagi erishgan yutuqlari uchun  2002 yil “O‘zbekiston iftixori” unvoniga musharraf bo‘lgan.

2002 yilda Buxoro shahrida o‘tkazilgan "Universiada-2002" o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Namangan viloyati terma jamoasi asosini tashkil qilgan Fakultet talabalari faxrli 3-o‘rinni egallaganliklari uchun prezident sovg‘asi  bilan taqdirlandilar. 

2004 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Universiada-2004" musobaqalarida Fakultet talabalaridan tashkil topgan jamoa faxrli 3-o‘rin sohibi sifatida prezident sovg‘asi bilan mukofotlandi.

2004 yilning avgust oyida Gretsiyaning Afina shaxrida o‘tkazilgan            28-yozgi Olimpiyada o‘yinlarida fakultet talabasi To‘lashboy Doniyorov mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi.

Fakultet talabasi Rustamjon Umarov belbog‘li kurash bo‘yicha 2006 yili Qozog‘iston Respublikasining Almati shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida  1-o‘rinni olib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Universiada-2007" sport musobaqalarida umumjamoa xisobida 2-o‘rinni egallagan Fakultet talabalari, prezident sovg‘asi  bilan taqdirlandilar. 

Buxoro shaxrida  o‘tkazilgan “Universiada-2013” sport musobaqalarida fakultet basketbol qizlar jamoasi faxrli 2-o‘rin egallashdi.

Fakultet talabasi Oybek Mamazununov boks sport turi bo‘yicha 2013-2014 yillarda Osiyo chempioni va Jahon chempionatining sovrindori bo‘ldi.    

Fakultet magistranti Abdulaziz Hamidjanov 2014 yilda belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionatida  bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezonlari

  • Jismoniy madaniyat

  • Sport faoliyati




  • Mabaa: Ахборот хизмати

    © 1942 - 2018
    Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
    Яндекс.Метрика