ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Filologiya fakulteti

29.12.2017 | Ko`rildi: 1563 | Fakultetlar

Fakultet dekani - f.f.n. dots. Misirov Sohibjon Abdupattayevich
Fakultet manzili: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi 316-uy, Filologiya fakulteti binosi
Telefon: +99869 227 01 44
Faks: +99869 227 18 84
email: sohibjon.misirov.76@mail.ru
Qabul kunlari: Seshanba 13:00dan 15:00gacha,Payshanba 13:00dan 15:00gacha, Juma 13:00dan 15:00gacha

Dekan o‘rinbosarlarining ro‘yxati

- Dadaboyev Olimjon Ortiqovich ma’naviy va ahloqiy-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

- Abdurazzaqov Eldor G‘ofurjonovich o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

- Kozlova Lola Salimbekovna o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Fakultetning qisqacha tarixi

Fakultet 2010-yilda Xorijiy filologiya, O‘zbek va rus filologiyasi fakultetlari negizida tashkil etilgan. Fakultet tarkibiga kirgan o‘zbek filologiyasi bo‘limi 1942–yildan, rus filologiyasi bo‘limi 1954–yildan, chet tili bo‘limi 1966 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatib keladi.

Fakultet tashkil etilgandan buyon unga dotsent S. Jamolov, dotsent D.Eshondadayev, dotsent T. G‘oziboyev, dotsent X.Sharipov, dotsent R. Muxammadjonova, dotsent A.Soy, dotsent P. M. Bronshteyn, dotsent K. Nosirov, dotsent M. Yusupov, professor O.Nosirov, professor N.Otajonov, dotsent S.Saydaliyev, dotsent A.Abdullajanov, dotsent F.Gabdulxakov, dotsent O.Golubsov, dotsent H.Usmonova, dotsent Sh. Abdurahmonov, dotsent N. Uluqov, dotsent R. Karimovlar rahbarlik qilishgan.

Hozirda Fakultetda Misirov Sohibjon Abdupattayevich rahbarlik qiladi

Misirov Sohibjon Abdupattayevich 1976 yil 16 aprelda Namangan viloyati Namangan tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. U 1993-1997 yillarda Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetida o‘qigan. 1997-2002 yillarda Namangan davlat universiteti “Tarjima nazariyasi va metodikasi” kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2002-2003 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi” kafedrasida stajyor-tadqiqotchi, 2003-2006 yillarda mazkur universitet maqsadli aspiranturasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. 2007 yil 16 noyabrda 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan Kengashda “Kasb-hunar kollejlarida ingliz tili o‘qitishning lingvodidaktik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2007-2008 yillarda NamDU Leksika-stilistika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2008-2009 o‘quv yillarida “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi mudiri, 2009-2010 o‘quv yillarida Leksika-stilistika kafedrasi mudiri, 2010-2011 o‘quv yillarida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Sohibjon Misirovning ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan 50 dan ortiq ilmiy ishlari Respublika va xorijning nufuzli ilmiy jurnal va gazetalarida chop etilgan. U xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan va tezislari ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.

Quyidagi xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytgan:

1. 2013 yil 9 iyundan 16 iyungacha Norvegiyaning Oslo-Akershus universitetida: “O‘zbekiston va Norvegiya mamlakatlari oliy ta’lim tizimida madaniyatlararo muloqot almashinuvining o‘rni” (Intercultural awareness in Higher Education Uzbekistan and Norway countriyes) mavzusida;

2. 2014 yil 14 iyundan 22 iyungacha Malaziya texnik hamkorlik (Malasian Technical Cooperation Programme (MTCP) dasturi doirasida “Universitetlarni elektron tarzda boshqarish bo‘yicha rahbar xodimlar uchun treyning (Managing e-University: Study Visit for Senior Officals) kursida;

3. 2014 yil 14 iyuldan 2 avgustgacha AQSh davlat departamentining “Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish (English as a Foreign Language)” mavuidagi halqaro (International Visitor Leadership Program) dasturi doirasida.

Misirov Sohibjon Abdupattayevich 2012 yil 1 dekabrdan to hozirgacha Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fakultetning moddiy-texnik bazasi keyingi yillarda keskin o‘sdi. Koreys tili markazi ochildi. Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va KOICA tashkiloti homiyligida 10000 AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari jamlangan 4 ta kutubxona tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bundagi audio-video magnitofonlar, televizor, gazeta va jurnallardan mustaqil ishlash jarayonida unumli foydalanmoqdalar. Samoviy antenna yordamida xorijiy teleko‘rsatuvlarni bevosita qabul qilish imkoniyati mavjudki, bu narsa til amaliyoti uchun muhim omildir. Fakultetdagi barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan.

2013-2014 o‘quv yilida fakultetda 978 nafar bakalavr, 34 nafar magistr tahsil olgan.

Fakultetning ilmiy salohiyati

Filologiya fakultetida 4 ta yo‘nalish Filologiya va tillarni o‘qitish-ingliz tili, o‘zbek tili, rus tili va nemis tili yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 3 ta Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) va Lingvistika ingliz tili va o‘zbek tili mutaxassisliklari bo‘yicha magistr talabalari tahsil oladilar.

Bakalavriat yo‘nalishida 43 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, ushbu guruhlarda 1035 ta bakalavr talabalari ta’lim oladi. Jumladan ingliz tili yo‘nalishi 21 ta akademik guruhida 572 nafar, o‘zbek tili yo‘nalishi 10 akademik guruhida 227 nafar, rus tili yo‘nalishi 8 akademik guruhida 168 nafar va nihoyat nemis tili yo‘nalishi 4 akademik guruhida 68 nafar talaba ta’lim oladi.

Fakultet tasarrufida 5 ta kafedra Ingliz tili va adabiyoti, O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Nemis va fransuz tillari hamda Fakultetlararo chet tillar kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 91 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, ulardan 2 nafar fan doktori, 21 ta fan nomzodlari va dosentlar, 25 tasi katta o‘qituvchi va 46 tasi o‘qituvchilardir.

Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga katta e`tibor beriladi va bu borada o‘ziga xos an`analar mavjud. «Til va ma`naviyat», «Bilim. Tafakkur. Tabassum». «Kulgi kechasi» kabi intelektual va ko‘ngilochar o‘yinlar nafaqat ma`naviy tarbiyaga, balki talabalar bilimini chuqurlashtirishga ham yaxshi xizmat qiladi. Rus tili va adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Lirik lahzalar» yoshlar she`riyat klubi (rahbari-dotsent Q.Nosirov) nafaqat fakultet va universitet, balki viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib, ijodkor yoshlarni o‘z atrofiga to‘plamoqda. Klub tomonidan har yili adabiy tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib turiladi, iqtidorli yosh qalamkashlarning asarlaridan almanaxlar chop etilmoqda. Hozirgacha 5 ta almanax nashr etildi. «Lirik lahzalar» yoshlar she`riyat klubi rahbari dotsent Q.Nosirov tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60-yilligiga bag‘ishlab viloyat miqyosida konferensiya tashkil etildi.

Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlariga ham katta e’tibor beriladi. Filologiyaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar o‘tkazib turiladi. 2005-2014 yillar oralig‘ida 7 ta monografiya, 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. 2006-2014 yillar mobaynida fakultetda 16 marta Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Anjuman materiallari asosida maqolalar va ilmiy ishlar to‘plamlari chop etildi.

2012-yilda fakultetning ikki nafar talabasi Xakima To‘raboyeva va Zulayho Zayniddinovalar ”O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. 2013 yil ingliz tili yo‘nalishi talabasi Dilmurod Jumaboyev Navoiy stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Shuningdek, fakultetda Mariya Tyan, Rayxon Asadova singari fan olimpiadalari g‘oliblari, Mirzohid Boyqo‘ziyev, Nilufar Xudayberdiyeva kabi sport musobaqalari bo‘yicha mamlakat chempionlari, Kamolot YoIHning iqtidorli talabalar uchun «Kamolot ta’lim granti» sohibalari Hakima To‘raboyeva va Qizlarxon Ahmadjonova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shoira Gulchehra Zokirova (Benazir) kabi faol va iqtidorli talabalar tahsil oladi. 2014 yil Ingliz tili va leksika-stilistika kafedrasi o‘qituvchisi Dilafruz Sarimsaqova ”O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2013-2014 o‘quv yilida fakultetning bir qator professor-o‘qituvchilari va talabalari Angliya, AQSh, Malayziya, Germaniya, Norvegiya, Koreya, Fransiya mamlakatlarida malaka oshirib qaytdilar. 2013-2014 o‘quv yilida talabalardan grant sovrindorlari Odina Hoshimova – Norvegiyada, Shahlo Dedamirzayeva Koreya Respublikasida, Abdulaziz Ziyodxonov Germaniyada malaka oshirdilar.

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:

Bakalavriat yo‘nalishida

5120100 Filologiya va tiillarni oqitish (ingliz tili)

5111400 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5120100 Filologiya va tiillarni oqitish (nemis tili)

5120100 Filologiya va tiillarni oqitish (o‘zbek tili)

5111300 Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda)

Magistraturada

5A120101 Adabiyotshunoslik (tillar va tadqiqot yo‘nalishlari-ingliz adabiyoti)

5A120102 Lingvistika (ingliz tili)

5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili)




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика