ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Magistratura bo‘limi

29.12.2017 | Ko`rildi: 511 | Markazlar va bo'limlar

Bo‘lim boshlig‘i - Saypiyev Tursunpulot Sobitovich
Manzil: Namangan sh., Uychi ko‘cha, 316 uy.
Telefon: ( 99894 645-04-46) 
Faks: ( 99869227-05-83) 
email: magistr_namdu@ilm.uz

Magistratura bo‘limini tashkil etilish

2007-2008 o‘quv yilida universitetning Magistratura bo‘limi magistratura to‘g‘risidagi 2008 yil 4 fevraldagi Nizomga muvofiq 2008 yilning 18 fevralidan boshlab universitetning magistratura bo‘limi qayta tashkil etildi.

Magistratura bo‘limi boshqaruvi

Magistratura bo‘limi boshlig‘i Saypiyev Tursunpulot Sobitovich 1975 yil 17 avgustda Namangan viloyati Chortoq  tumani Koroskon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1997 yil Namangan Davlat universitetining Fizika-ximiya fakultetining Kimyoyo‘nalishini tamomlagan. 2005 yil Nomzodlik dissertatsiysini muvaffaqiytli himoy qilgan, texnika fanlari nomzodi. 2015 yil 2 sentyabrdan Magistratura bo‘limida faoliyat olib bormoqda.

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta`limdir.

Magistratura ta`lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra ta`limyo‘nalishining aniq mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasi to‘g‘risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyutrmachilarning takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Magistr:

tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;

kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;

oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.

Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:

ilmiy-pedagogik;

ilmiy-ijodiy;

ilmiy-tadqiqot va tajriba;

loyiha-konstruktorlik;

loyiha-texnologik;

ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyt turlari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.

Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalari quyidagilar kiradi:

ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari;

davlat va nodavlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta`lim muassasalari;

magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar.

Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:

Magistratura talabalari:

ta’lim, fan, madaniyt, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;

oliy talim muassasasi faoliyti bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish; 

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;

o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;

oliy ta’lim muassasasi kengashi tavsiysiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o‘tash, stajirovkada bo‘lish yoki magistrlik dissertatsiysining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo‘lganda ularga yo‘llanma olish;

oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;

talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.

Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Magistratura talabalarining majburiyatlari:

magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o‘zlashtirish;

o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;

oliy ta’lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish. 

Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

Magistraturada ta`lim jarayoni magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bilan tugallanadi.

Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talaba:

Ilmiy (yoki ilmiy-texnik, ilmiy-ijodiy) izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko‘ra olishi va ularni echishning umumiy usullari vayo‘llarini o‘rganish;

o‘quv tadqiqot davomida olingan axborotlarni matn yoki tasvirlar (chizma, rasm) shaklida mujassamlantira olishi;

tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;

soha bo‘yicha yechilayotgan ilmiy (ijodiy) texnik masala holatini tahlil qilish;

ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo‘yilgan masalani yechish uslublarini ko‘rib chiqish va eng samaraligini aniqlashi;

eng samarali muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berishi;

eng samarali muqobil yechimning patentga loyiqligi va patent sofligini tadqiq qilish;

ilmiy-texnik masala yechimining natijalari bo‘yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash lozim.

Magistratura talabalari haqida ma’lumot

Magistratura mutaxassisliklarda 2015-2016 o‘quv yilida jami 136 nafar talabalar o‘qimoqda. Shulardan 70 nafari 1-kurslar, davlat granti asosida 19 nafari, 66 nafari 2-kurslar, ulardan 18 nafari davlat granti asosida o‘qiydi.

Magistratura mutaxassisliklari haqida ma’lumot

Universitetda 2015-2016 o‘quv yilida 13 ta Magistratura mutaxassisliklari faoliyat olib bormoqda. 

1 kurslar bo‘yicha 13 ta Magistratura mutaxassisliklari

5A140501- Kimyo(fanyo‘nalishlari bo‘yicha),                            

5A140602-Geografiya (o‘rganish ob`ekti bo‘yicha, 

5A140101 - Biologiya (fanyo‘nalishi bo‘yicha) ,                    

5A120101 - Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) ,

5A120102 - Lingvistika (ingliz tili),

5A120102 - Lingvistika (o‘zbek tili)

5A140202 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha ),

5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi;

5A112001 - Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari nazariyasi va metodikasi,

5A120301 - O‘zbekiston tarixi.

5A130101 - Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5A130202 - Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

5A 110801 - Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati.

2 kurslar bo‘yicha 10 ta Magistratura mutaxassisliklari:

5A140501 - Kimyo(fanyo‘nalishlari bo‘yicha),

5A140602 - Geografiya (o‘rganish ob`ekti bo‘yicha),

5A140101 - Biologiya (fanyo‘nalishi bo‘yicha) ,                  

5A120101 - Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) ,

5A120102 - Lingvistika (ingliz tili),

5A120102 - Lingvistika (o‘zbek tili)

5A140202 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha ),

5A110901 - Pedagogika (faoliyat turi bo‘yicha);                          

5A112001 - Jismoniy madaniyat,

5A120301 - O‘zbekiston tarixi.

Magistrlarning keyingi faoliyati

Magistrlarni tanlov asosida universitet kafedralarining turli lavozimlariga ishga olib qolish rejalashtirilgan.

Boshqa oily o‘quv yurtlaridan ham  magistrlarni turli lavozimlarga ishga olish taklifi ham tushgan.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика