ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi

29.12.2017 | Ko`rildi: 136 | Markazlar va bo'limlar

Bo‘lim boshlig‘i – G‘aniyev G‘ofurjon

Manzil: Manzil: Namangan.sh., Uychi ko‘cha, 316 uy.

Tel: 8 (369) 227-21-05

Pochta indeksi: 160136

email: behzod_3008@umail.uz

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6 sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi 02-06/592-sonli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi № 84-04-99 sonli hamda 2011 yil 18 martdagi № 87-04-133 sonli “Ayrim shtat birliklarini joriy etish to‘g‘risida”gi modemnomalariga asosan Namangan davlat universitetida 2011 yil 19 martdan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi”tashkil etilgan.

Bugungi kunda Namangan davlat universiteti akademik litseyi hamda OO‘MTV tomonidan biriktirilgan 46 ta kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shahar va tumanlardagi biriktirilgan barcha AL va KHKlarida universitetdagi mavjud kafedralarning filiallari tashkil etilgan. Mazkur AL va KHKlariga malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan va kafedra filiali mudiri etib tayinlangan.

Mazkur o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik ishlari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

- NamDU akademik litseyi bilan hamkorlik;

- NamDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularnig malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlik;

- shartnoma asosida kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik;

- O‘MKHTM o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlik.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogrammalari, yo’riq xatlari, telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

-hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining murojaatlari asosida universitet professor-o‘qituvchilarini o‘rindoshlik asosida jalb qilish;

-universitet axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan an’anaviy va elektron o‘quv adabiyotlaridan hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining pedagog-o‘qituvchilarining foydalanishlari uchun sharoitlar yaratib berish;

-hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushirish, yangi laboratoriya ishlarini yo’lga qo‘yish va o‘quv jarayoniga joriy etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

-akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan rasmiylashtirilgan hamkorlik shartnomalari ijrosini nazorat qilish;

Bo‘lim xodimlari tarkibi:

Hozirgi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limida 2 nafar xodim ish yuritib kelmoqda.

1. G‘aniyev G‘ofurjon - bo‘lim boshlig‘i

2. Asqarov Behzod - bo‘lim uslubchisi




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика