ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

29.12.2017 | Ko`rildi: 144 | Markazlar va bo'limlar

Bo‘lim boshlig‘i - Atamirzayev Ibroxim Xakimovich
Manzil: 716019, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316.
Fizika-matematika fakulteti binosi 1-qavat. 
Telefon:  998913535425, (369)-223-01-76, (369)-227-24-67
email: info@namdu.uz 

Atamirzayev Ibroxim Xakimovich 1980 yil 19 aprelda Namangan shaxrida tug‘ilgan. Millati O‘zbek. Ma’lumoti oliy. Huquqshunos. 2003 yilda Namangan davlat universiteti Huquqshunoslik fakulg‘tetini bitirgan. 2005 yilda Namangan davlat universiteti Huquqshunoslik fakul’teti magistraturasini tamomlagan. 2014 yil 3 fevraldan buyon Namangan davlat universiteti Ma’naviyat- ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlaydi.

Bo‘lim faoliyati va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot.

-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan xujjatlari va ko‘rsatmalarini universitet jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ularga vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

-Fakultet dekanlarining ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

-Talabalar uyida ma’naviy-ahloqiy ishlarni tashkillashtiradi.

-ARM ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi.

-“Axborot guruxi” uchun yetarli shart-sharoit yaratadi.

-Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.

-Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik xarakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

-Ma’naviy-ma’rifiy ma’sadlarda to‘garaklar, klub va yig‘inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

-Universitet ommaviy tadbirlarida, xashar va obodonchilik ishlarida universitet jamoasi va talabalarning keng ishtirokini tahminlaydi.

Bo‘limning tarkibiy tuzilmasi:

Bo‘lim boshlig‘i: I.Atamirzayev

Bo‘lim uslubchisi: I.Xudayarov,

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi: B.Shaydullayev.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика