ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

17

Avgust

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Bu yerga universitet ijtimoiy hayotiga oid e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Тел: (0 369) 227-21-07

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi

29.12.2017 | Ko`rildi: 352 | Markazlar va bo'limlar

Bo‘lim boshlig‘i: Urinov Bahrom Jamoliddinovich
Manzil: Namangan.sh., Uychi ko‘cha, 316 uy.
Rahbariyat binosi, 2-qavat
Telefon va fakslar: (0369)227-06-12,  (0369)227-07-61
email: urinov.bahrom@inbox.uz, ilmiy@inbox.uz

Bo‘lim vazifalari:

a) Ilmiy salohiyatni oshirish.

b) Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash .

c) Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

d)Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini, ho‘jalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlarni amalga oshirish.

e) Fanning ta`lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini (olingan natijalar ishlab chiqarishga joriy etilishi) amalga oshirish.

f) Halqaro grantlarda ishtirok etish.

g) Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etish.

Bo‘lim tarkibiy tuzilmasi: bo‘limda bo‘lim boshlig‘i hamda ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha muhandis faoliyat yuritadi.

Bo‘limning faoliyat yo`nalishlari:

Namangan davlat universitetining ilmiy-tadqiqot faoliyatlarining ustuvor yo`nalishlari mustaqil mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlarga hamohang ravishda belgilanib olindi va bular quyidagi yo`nalishlardir:

- Universitetda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish.

- Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish.

- Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish;

- Iqtidorli talabalarni aniqlash va ilmiy-tadqiqot ishlariga yo`naltirish;

- Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchilarning sonini samarali yuksaltirish;

- Mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.

- Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun universitetning mavjud ilmiy salohiyati imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

- Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ho‘jalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlarni jonlantirish.

- Universitetning ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

- Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini (olingan natijalar ishlab chiqarishga joriy etilishi) kuchaytirish.

- Halqaro grantlarda ishtirok etish. Xorijiy universitetlar bilan aloqalarni o‘rnatish.

- Universitetni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqasini kuchaytirish.

- Yosh olimlar va talabalarning salohiyati va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi natijalarini namoyon etadigan anjuman, olimpiada va tanlovlarni tashkillashtirish.

- Universitet olimlarining ilmiy ishlari natijalarini targ`ib qilish, xozirgi fan yutuqlari bilan solishtirish hamda ilmiy-tadqiqotlarni zamonaviy dunyo darajasiga ko‘tarish maqsadida Respublika, mintaqaviy, halqaro anjuman va simpfoziumlar o‘tkazish.

Namangan davlat universiteti kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati:

Universitetda asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan jami 431 nafar professor-o‘qituvchilardan 136 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega.

Universitetdagi 27 ta kafedra mavjud bo‘lib, ular 6 ta fakultetga biriktirilgan. Ularda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari fakultetlarda tayyorlanayotgan bakalavriatura yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va katta ilmiy xodim-izlanuvchilik ixtisosliklari bilan mos tushadi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

Universitetda joriy yilda davlat budjetidan moliyalashtirilgan 2 ta fundamental, 2 ta amaliy, 2 ta yosh olimlarning fundamental loyihalari va 10 ta xo‘jalik shartnomalari ustida ilmiy ish olib borilmoqda.

Namangan davlat universitetida doktarantura faoliyati:

Hozirgi kunda universitetda quyida keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyat yuritmoqda:

01.04.10-Yarim o‘tkazgichlar va diyelektriklar fizikasi

02.00.10-Bioorganik kimyo

10.00.01-O‘zbek tili

10.00.06- Qiyosiy-tarixiy tipologiya, chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik

11.00.04-Meteorologiya, agrometeoroloyiya va iqlimshunoslik




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика