ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Devonxona va arxiv

29.12.2017 | Ko`rildi: 446 | Markazlar va bo'limlar

Devonxona mudirasi- G.Insopova
Manzil: Namangan sh., Uychi ko‘chasi, 316
Tel: 0369-227-07-61
email: g.insopova@mail.ru, info@namdu.uz

Devonxona universitetning asosiy boshg‘aruv bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Devonxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, universitet rektorining buyruqlari, yo‘riqnomalari, Namangan Davlat universiteti Nizomiga amal qiladi. Devonxona faoliyati universitet xujjatlarining hisoboti va yuritilishini talab asosida boshqa bo‘limlar bilan bevosita hamkorlikda bajarilishini tashkil etadi.

Universitetda ish yuritishni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish, OO‘MTVdan keladigan modemnomalar, buyruqlar va Hay’at qarorlarini to‘g‘ri ro‘yxatga olish va hisobini olib borishni tashkil etish, yuqori tashkilotlar, universitet ma’muriyati topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish devonxona bo‘limining asosiy vazifalariga kiradi. Ish yuritish bo‘yicha, bo‘limga kelib tushadigan farmonlar, qarorlar, buyruqlar, xatlar va boshqa xujjatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda qabul qiladi, rasmiylashtiradi va universitet raxbariyati hamda uning tarkibiy qismlariga, ijrochilariga yetkazadi.

Universitetga elektron shaklda OO‘MTVdan keladigan barcha xatlar infox.edu.uz portali orqali olinadi.

Devonxonaning asosiy qoidalariga muvofiq bo‘lim universitetda ish yuritishga oid xizmatlar ko‘rsatilishi, uning aniq-puxta tashkil qilinishini ta’minlashni nazorat qiladi. Universitet rahbariyatiga ma’lum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, jo‘natiluvchi, va ichki xujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishni va joy-joyiga yuborishni, keluvchi, jo‘natiluvchi, olinuvchi va ichki xujjatlarni qabul qilib olishni, qayd etishni, saqlashni hisobga olib boradi va bo‘linmalarga yetkazib tarqatadi. Shuningdek, yig‘ma jildlarni davlat tomonidan saqlanishi uchun topshirishga tayyorlashni, universitet nomiga keluvchi xat va xujjatlarning hammasini ko‘rib chiqish va rektorning imzolashi uchun taqdim etiladigan barcha xujjatlarning sifatli tayyorlanganligini hamda rasmiylashtirilganligini tekshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishni, ularni joriy etishni tashkil qilish, ish yurituvchi xizmat xodimlarni zarur yo‘riqnoma va ma’lumotlar materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, rektorning ko‘rsatmalarini bajarilishini tekshirishi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari qanday ijro etilayotganini Ichki nazorat va monitoring bo‘limi bilan birgalikda nazorat qilish, fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalari bo‘yicha maxsus yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritish va umumlashtirilgan ish jurnalida aks ettirish, xodimlarning xizmat safarlariga jo‘nab ketishlari va qaytib kelishlarini belgilangan shakldagi maxsus jurnalda qayd etib borish va buyruqlashtirish, hamda universitet xos qog‘ozi (firmennaya blanka)dan foydalanilishni nazorat qiladi.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика