ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi

29.12.2017 | Ko`rildi: 154 | Markazlar va bo'limlar

Fakultet dekani: Abdulla Rasulov Nuritdinovich - Tarix fanlari doktori, proffessor
E-mail: arn.59@mail.ru 
Manzil: Namangan shahri, Mashrab ko‘chasi, 2-uy.
Tel: 8 369 226 15 97     
fax: 8 369 226 15 97  
mobil:  99891 369 55 05

Fakultet Namangan viloyati hokimligining 2000 yil 28 yanvar  43- sonli qarori bilan NamDU qoshida “O‘quv markaz” sifatida tashkil etilgan. 

Fakultetda: Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi lavozimlarga zahirada bo‘lgan yosh, iqtidorli kadrlar malakasini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlari olib boriladi. 

Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi lavozimlarga zahirada bo‘lgan yosh, iqtidorli kadrlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqaruv tizimi yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirish tashkil etilgan.

Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha olib boriladi.

Fakultetni 2000-2001 yillarda f.f.n., dots. Q. Nosirov, 2001-2010 yillar oralig‘ida  p.f.n. dots. M.Abdurahmonov, 2010-2011 yillarda f.f.n. Sh. Abduraxmonov, p.f.n., dots. S. Abdullayev, 2011-2012 yillarda k.f.n., dots. X. Gapporov, 2012-2015 yillarda  t.f.n. A. Isoqboyev, 2015-yil sentyabr oyidan t.f.d.,prof. A. Rasulov boshqarib kelmoqda.

Fakultet o‘zining Nizomiga, o‘quv dastur va rejalariga hamda muayyan resurs bazasiga ega bo‘lib quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda:

- Namangan viloyati hokimligi tomonidan zahiraga olingan kadrlari malakasini oshirish -50 soat, (1 haftalik). 

- Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari umumta’lim fanlari o‘qituvchilari malakasini oshirish-144 soat, (1 oylik) .

2012- yil may oyidan boshlab, pedagogik qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.

- Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash - 576 soat (4 oy);

Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, viloyat hokimligi boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari o‘quv mashg‘ulotlari olib borishga jalb etilganlar. 

Malaka oshirish jarayonining samarali bo‘lishi uchun tinglovchilarga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Fakultetda tinglovchilarni talab-istaklari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tanlov fanlarini o‘rganish, axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari yaratilgan. 

Fakultet qoshida "Istiqbol" klubi mavjud bo‘lib, istiqbolli yoshlarni turli tadbirlarga jalb qilish orqali boshqaruv tizimi uchun kadrlar zahirasini yaratish ishlarini olib boradi. Xususan, 35 yoshgacha bo‘lgan istiqboldagi zahira kadrlarni jamlagan holda ish yuritadi. Shu kungacha yoshlarning intellektual saloxiyatini oshirish bo‘yicha bir  qator ishlar amalgam oshirildi. 

Fakultetda o‘quv zali, kutubxona, uslubiy xona, internetga ulangan kompyuter sinfi mavjud. Shuningdek, Namangan davlat universiteti  qoshidagi akademik litseylar, Namangan shahridagi namunali kollejlar tajriba va amaliyot ishlarini o‘tkazish uchun fakultetga biriktirilgan.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика