ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Axborot texnologiyalari markazi

29.12.2017 | Ko`rildi: 123 | Markazlar va bo'limlar

Markaz boshlig‘i - Narzullayev G‘ayratjon Najmiddinovich
Manzil: 160136, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316.
Telefon: 0 (369) 227-21-07
E-mail: atm@namdu.uz

Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ravnaqini jahonning yirik rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko‘tarish, O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘rsatib o‘tilganidek, har tomonlama yetuk jahon andozalariga javob beradigan mutaxassiclarni tayyorlash masalasiga bog‘liqdir. Bu masalani ijobiy xal qilinishida qanday mutaxassis tayyorlanishidan qat’iy nazar, uning hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan, xususan kompyuter texnikasidan qay darajada xabardor bo‘lishi kattta rol o‘ynaydi.

Markazning tashkil etilishi

Namangan davlat universiteti “Axborot texnologiyalar markazi” 1999 yil sentabr oyida tashkil etilgan. Ayni paytda markaz tarkibida “Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi ”, “Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi” hamda “Axborot xavfsizligi bo‘limi” faoliyat ko‘rsatadi.

Markazning vazifalari:

Ichki lokal tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

Universitet miqyosida korporativ aloqa va internet tarmoqlarini talab darajasida ishlashiga mas’uldir.

Universitet WEB-saytini modernizatsiya qiladi, taqdim etilgan materiallar asosida doimiy ravishda yangi axborotlar bilan to‘ldirib boradi va zarur hollarda sayt uchun qo‘shimcha dasturlar tuzadi.

Universitet Masofaviy ta’lim tarmog‘i (moodle tizimi)ga dasturiy va texnik xizmat ko‘rsatadi zarur hollarda axborot materiallar bilan boyitib boradi.

Universitet elektron hujjat aylanish tizimini talab darajasida ishlashini taminlaydi.

Qabul jarayonida abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni DTM bazasiga kiritadi, qayta ishlaydi va DTMga taqdim etadi.

Universitet Axborot texnologiyalari parkiga texnik va dasturiy xizmat ko‘rsatadi.

Markaz Respublikadagi va xorijiy mamlakatlardagi markazlar bilan tajriba almashib turadi, axborot texnologiyalari va masofadan o‘qitish bo‘yicha muloqotlar olib boradi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va dasturlar yaratadi.

Universitetda Interent va “ZiyoNET” ta’lim portalini uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

OO‘MTV va Universitet rahbariyati tomonidan berilgan AKT bilan bo‘g‘liq Markaz faoliyatiga oid topshiriqlarni bajaradi va x.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика