ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Axborot-resurs markazi

29.12.2017 | Ko`rildi: 423 | Markazlar va bo'limlar

Markaz direktori – Nasirdinov Omoniddin Sayfiddinovich.

Markaz manzili: Namangan shaxar, Mashrab ko‘chasi, 2-uy. 11-bino. 1-2 qavatlarida.

Mo‘ljal: Namangan viloyati Markaziy banki

Telefonlar: (0-369) 227-29-81

E-mail: arm@namdu.uz

Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazining tarixi viloyatda oliy pedagogik ta’lim tarixi bilan chambarchas bog‘liq.

1942 yili Namanganda Andijon o‘qituvchilar institutining filiali tashkil etilgan bo‘lsa, xuddi ana shu yili ilmiy kutubxonaga ham asos solingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘grisida»gi PQ381-sonli qaroriga binoan Namangan davlat universiteti ilmiy kutubxonasi «Axborot- resurs markazi»ga aylantirilgan.

Markaz tarkibi quyidagicha:

•Ilmiy uslubiy va Komplektasiya, katalogizasiya va qabul qilish bo‘lim;

•Marketing va axborot xizmati ko‘rsatish bo‘lim;

•Adabiyot va elektron axborot resurslari bo‘lim;

•Fondni saqlash bo‘lim;

•Axborot – texnologiya bo‘lim.

Namangan davlat universiteti Axborot – resurs markazida 31 nafar xodim ARM jamoasi hozirgi paytda Respublika Prezidentining «Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»giPQ381-sonli qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Axborot – resurs markazida 350 o‘ringa ega bo‘lgan 10 ta o‘quv zallari, Namangan shahar aholisiga xizmat qiluvchi 4 ta shaxobchalar, 1 ta elektron kutubxona, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish zallari mavjud.

Axborot – resurs markazining barcha bo‘limlari zamonaviy vositalar bilan jihozlangan yorug‘ va shinam xonalardan tashkil topgan.

Barcha o‘quv zallarida professor - o‘qituvchi va talaba yoshlarga kerakli darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavjud.

Namangan davlat universiteti ARMning umumiy kitob fondi 13 074 nomdagi 263 mingdan ziyod bosma, 2 100 dan ziyod elektron shakldagi ilmiy – ommabop, badiiy – publisistik, ijtimoiy – siyosiy, uslubiy adabiyotlardan iborat.

Namangan davlat universiteti ARM kitob fondiga har yili 4000 dan ziyod yangi adabiyotlar bilan boyitiladi. Bundan tashqari, NamDU professor-o‘qituvchilari, magistrlar tomonidan tayyorlangan  o‘quv – uslubiy majmuallar va ularning elektron shakllari ham to‘plangan.

ARMdagi mavjud kitoblardan 1010 donasini to‘la matnli holatda skaner qilib, 5588 dona adabiyotlarni ARMAT programmasi yordamida bibliografik yozuvlari shakillantirilgan.

Kitob fondiga xorijiy mamlakatlardan ham sovg‘a sifatida adabiyotlar keltirilmoqda.

Axborot – resurs markazida 41 ta kompyuter jamlanmasi, 4 ta nusxa ko‘paytirish apparati, 10 ta skaner, 7 ta printerlar foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan.

Axborot – resurs markazi tomonidan Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, olimlari, talaba va magistrlarining ilmiy, o‘quv – uslubiy ishlanmalari, ular tomonidan tayyorlangan maqolalar, darsliklar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini to‘plash, ARM elektron va ilmiy kutubxonalariga hamda ZiyoNet ta’lim tarmog‘iga joylashtirib borish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot – resurs markazining kitobxonlar soni 12300 nafarni tashkil etib, shundan 439 nafar professor - o‘qituvchilar, 4960 nafar talaba-yoshlar, 9701 nafari boshqa kitobxonlardan iborat.

Namangan davlat universiteti Axborot – resurs markazida 2016 yil uchun 103 nomdagi 161 sondagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etilgan bo‘lib, ularning taxlamlari shakllantirilgan.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика