ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Xotira kuni

02

Sentyabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

15.01.2018 | Ko`rildi: 521 | Markazlar va bo'limlar

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Dehqonov Davron Burxonovich

Telefon: (+99897) 230-19-82

E-mail: davron-b@bk.ru

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Matkarimov Abduraxim Muxammadjonovich

Telefon: 0 (371) 226-57-17

E-mail: abdurahim_2481@inbox.uz

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Akbarov Odil Ergashevich

Telefon: 0 (594) 156-10-82

E-mail: odilbek82@umail.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 18 iyul, 515-son qaroriga asosan Namangan davlat univesitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi ish faoliyatini boshladi.

Namangan davlat universiteti “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan qoidalarga asosan quyidagi asosiy vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda ish yuritadi.

UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda matnda – Bo‘lim deb yuritiladi) universitetning (keyingi o‘rinlarda matnda – universitet deb yuritiladi) tuzilmasiga kiradi. 

3. Bo‘lim nizomi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda – Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining Nizomi bo‘lim xodimlari tomonidan o‘ziga yuklatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. 

4. Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat. 

5. Bo‘lim boshlig‘i va uning xodimlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra universitet rektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. 

6. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI

7. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; 

universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish; 

universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; 

universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish; 

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fanlariga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;

universitetning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; 

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan, oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining holisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash; 

universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish; 

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish; 

ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

8. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 

universitetda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi; 

ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi; 

talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qiladi;

o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli  takliflarni beradi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va boshqa tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

universitet tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, universitetning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

o‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini marketing tadqiqoti asosida tahlil qiladi;

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi; 

universitetning doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

universitetning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

universitet axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;

bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspeksiyasi boshlig‘i hamda universitet rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi; 

universitetda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

universitet faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

universitetda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;

Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan universitetlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va  vazifalarni bajarishda ishtirok  etadi;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda universitet rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

universitetda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.

BO‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

9. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega: 

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun universitet tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

universitet va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;

universitetda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

universitetda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

universitetda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda universitet Kengashiga saylash va saylanish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

10. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;

Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda universitetning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari holisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

Normativ-uslubiy hujjatlar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Universitet rektorining buyrug‘i

Fikr va muloxazalar

Xisobotlar

2018 yil yanvar oyi xisoboti

2018 yil fevral oyi xisoboti

2018 yil mart oyi xisoboti

2018 yil 1-chorak xisoboti




Mabaa: Axborot xizmati

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика