ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor

28.12.2017 | Ko`rildi: 147 | Rahbariyat

Foto: Ахборот хизмати

Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich - geografiya fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari: Shanba 14:00-16:00

Tel: (0-369) 227-21-05

email: al_prorektor@namdu.uz

K.M.Boymirzayev 1984 yilda Samarqand davlat universitetini tugatgandan so‘ng Namangan shahar 15-o‘rta maktabda geografiya o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi. 1987-1991 yillarda Namangan pedagogika inistitutida geografiya kafedra katta laboranti, 1991-1996 yillarda Namangan davlat universitetida geografiya kafedrasi o‘qituvchisi, 1996-1999 yillarda geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1999-2006 yillarda geografiya kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

K.M.Boymirzayev 1995 yilda “Farg‘ona vodiysi voha landshaftlarining agroirrigatsion yotqiziqlari va ulardan oqilona foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini O‘zMU (sobiq ToshDU) ning Ihtisoslashgan kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan.

K.M.Boymirzayev hozirga qadar 90 dan ortiq ilmiy, ilimiy-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan 1 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan.

K.M.Boymirzayev Namangan davlat universitetida Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, 2006-2008 yillarda Moliya-iqtisodiyot ishlari prorektori, 2008-2010 yillarda Geografiya va iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda universitetning Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasida ishlab kelmoqda.

K.M.Boymirzayev o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi, shu bilan birga hamkasblariga, talabalarga nisbatan xushmuomala va do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. Universitetda kafedra muduri, fakultet dekani, prorektor bo‘lib ishlagan davrida ham o‘z ishiga doim mas’uliyat bilan qarab, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelganligi bilan jamoada xurmat etibor qozonib kelmoqda.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика