ЎзбекчаO'zbekcha
KUTILMOQDA...

8 - mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

08

Mart

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
E'LONLAR

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

28.12.2017 | Ko`rildi: 157 | Rahbariyat

Foto: Ахборот хизмати

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich - kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari: payshanba 14:00-16:00

Tel: (0-369) 227-06-12

email: ilmiy_prorektor@namdu.uz

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich 1971 yil 11 iyulda Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan.

M. Kodirxonov 1994 yili Toshkent davlat universitetining kimyo yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 1994-1997 yillar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida (O‘zR FA PKFI) aspiranturada taxsil olgan. 1998 yili «N-vinillaktam asosidagi sopolimerlarning molekulyar massaviy, konformatsion tavsiflari va kompozitsion geterogenligi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Xozirda mazkur institutning doktorant-tadqiqotchisi xisoblanadi (Ilmiy maslahatchisi, akademik S. Sh. Rashidova). U 1999 yilda O‘zR Fanlar Akademiyasining Respublika Yosh olimlar mukofoti sovrindori bo‘lgan. M.Qodirxonov 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi.

M.Qodirxonov o‘zining ilmiy-pedogogik faoliyatini 2001 yildan boshlab Namangan Davlat Universitetida davom ettirmoqda. U universitetning kimyo yo‘nalishi bakalavr va magistrlariga ixtisoslik va maxsus fanlardan tahsil berib kelmoqda. Ushbu fanlar bo‘yicha u yangi ta’lim standartlariga muvofiq fan dasturlari va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqqan.

M.Qodirxonov Germaniya, Latviya, Xitoy, Malayziya davlatlarining ilmiy va o‘quv markazlarida malaka oshirgan.

M.Qodirxonov 2002-2003 yillar Osiyo taraqqiyot bankining UZB-1373 krediti loyihasi doirasida Kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan masofaviy ta’lim materiallarini yaratish bo‘yicha 5SSEPG'DE grantining «Kimyo moduli»ni yaratish loyihasi menejeri bo‘lgan. Xozirda ushbu modul Respublikada masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qitishda amalda joriy etilgan.

M.Qodirxonov 2008 yildan buyon Namangan davlat universitetining ilmiy ishlari prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика