ЎзбекчаO'zbekchaCall-center
KUTILMOQDA...

Butunjahon yerni muxofaza qilish kuni

25

Dekabr

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali
  Ilm-fan 2020
XALQARO LOYIHALAR
    Towards a Central Asian Hegher Education Area
    Modernizing Health Education in Universities
    Foreign cooperation on textile design
NATIJALAR
DTM test natijalari
Ijodiy imtihon natijalari
Akademik litsey kirish imtihoni natijalari

Universitet tarixi

27.12.2017 | Ko`rildi: 1662 | Universitet

1941 yil 6 martda Namangan viloyati tashkil etilishi munosabati bilan xalq maorifi tarmoqlarini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan mustahkamlash eng muhim masalalardan biriga aylandi. Respublika hukumati umumta’lim maktablarini o‘qituvchi kadrlar bilai ta’minlashga alohida ahamiyat berib, Namanganda muallimlar tayyorlaydigan oliygoh ochishga qaror qildi.

Namangan markazidagi 5-maktab binosida 1942 yili Andijon o‘qituvchilar institutining shaxobcha-tarmog‘i Namangan muallimlar tayyorlash oliygohi tashkil etildi. Dastlab o‘zbek tili va adabiyoti hamda fizika-matematika bo‘limlari ochilib, unda 74 nafar talaba ta’lim ola boshlaydi. 1944 yildan ana shu tarmoq mustaqil Namangan o‘qituvchilar institutiga aylantirildi. 1945-1946-o‘quv yilidan boshlab institutda talabalar va muallimlar soni orta boshladi. O‘sha yili beshta mustaqil kafedra tashkil etilib, unda jami 19 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bordi. Dastlab tashkil etilgan 3 ta fakul’tet – fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fakul’tetlarida 1945-1946 o‘quv yilida jami 227 nafar talaba tahsil oldi.

Namangan o‘qituvchilar instituti O‘zbekiston hukumatining qarori va Maorif Vazirligining 1955 yil 17 maydagi buyrug‘iga asosan 1955-1956 o‘quv yilidan boshlab Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Namangan o‘qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach, 1959 yilgacha bo‘lgan davrda institutda ilmiy darajaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar soni 8 kishiga yetdi.

1959-1960-o‘quv yiliga kelib institutda beshta fakul’tet va ularda 8 ta kafedra bo‘lib, 62 nafar professor-o‘qituvchi ishladi.1962-1963 o‘quv yilida universitetning hozirgi markaziy ma’muriy binosi qurib foydalanishga topshirilishi, unda 600 nafar talabaning bilim olish imkoniyatini yaratdi. 1965-1966 o‘quv yilidan boshlab 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurib bitkazilib, talabalar ixtiyoriga berildi.

Barcha O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga muvofiq Namangan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi.

Bugungi kunda universitetda 29 ta bakalavriat yo‘nalishida qariyb 5500 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 88 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Ularga 453 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 11 nafar fan doktori va 121 nafar fan nomzodlari yuqori malakali bilimlar berib kelmoqdalar.




Mabaa: Ахборот хизмати

© 1942 - 2018
Namangan davlat universiteti |  Bahtiyor Yuldashev
Яндекс.Метрика