wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 00:00

Universitet tarixi

1941 yil 6 martda Namangan viloyati tashkil etili shi munosabat i bilan xalq maorifi tarmoqlarini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan mustahkamlash eng muhim masalalardan biriga aylandi. Respublika hukumati umumta`lim maktablarini o’qituvchi kadrlar bilai ta`minlashga alohida ahamiyat berib, Namanganda muallimlar tayyorlaydigan oliygoh ochishga qaror qildi.

Namangan markazidagi 5-maktab binosida 1942 yili Andijon o’qituvchilar institutining shaxobcha-tarmog’i Namangan muallimlar tayyorlash oliygohi tashkil etildi. Dastlab o’zbek tili va adabiyoti hamda fizika-matematika bo’limlari ochilib, unda 74 nafar talaba ta`lim ola boshlaydi. 1944 yildan ana shu tarmoq mustaqil Namangan o’qituvchilar institutiga aylantirildi. 1945-1946-o’quv yilidan boshlab institutda talabalar va muallimlar soni orta boshladi. O’sha yili beshta mustaqil kafedra tashkil etilib, jami unda 19 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi. Dastlab tashkil etilgan 3 ta fakul’tet – fizika-matematika, o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fakul’tetlarida 1945-1946 o’quv yilida jami 227 nafar talaba tahsil oldi.

Namangan o’qituvchilar instituti O’zbekistoi hukumatining qarori va Maorif Vazirligining 1955 yil 17 maydagi buyrug’iga asosan 1955-1956 o’quv yilidan boshlab Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Namangan o’qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach, 1959 yilgacha bo’lgan davrda institutda ilmiy darajaga ega bo’lgan o’qituvchilar soni 8 kishiga etdi.

1959-1960-o’quv yiliga kelib institutda beshta fakul’tet va ularda 8 ta kafedra bo’lib, 62 nafar professor-o’qituvchi ishladi.1962-1963 o’quv yilida universitetning hozirgi markaziy ma`muriy binosi qurib foydalanishga topshirilishi, unda 600 nafar talabaning bilim olish imkoniyatini yaratdi. 1965-1966 o’quv yilidan boshlab 400 o’rinli talabalar turar joyi qurib bitkazilib, talabalar ixtiyoriga berildi.

Barcha O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga muvofiq Namangan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog’liq bo’ldi.

Bugungi kunda universitetda 27 ta bakalavriat yo’nalishida qariyb 5100 nafar, 12 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 158 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Ularga 431 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 11 nafar fan doktori va 123 nafar fan nomzodlari yuqori malakali bilimlar berib kelmoqdalar.

 

UNIVERSITET REKTORLARI

O'qilgan: 2878 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 09 Fevral 2016 18:09

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.