wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 08 Fevral 2017 00:00

Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich - kimyo fanlari nomzodi, dotsеnt

Qabul soati: Payshanba 14:00 – 16:00

Tel: (8-369) 227-06-12

email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich 1971 yil 11 iyulda Namangan viloyatining Chust shahrida tug’ilgan.

M. Kodirxonov 1994 yili Toshkent davlat universitetining kimyo yo'nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 1994-1997 yillar O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida (UzR FA PKFI) aspiranturada taxsil olgan. 1998 yili «N-vinillaktam asosidagi sopolimerlarning molekulyar massaviy, konformasion tavsiflari va kompozision geterogenligi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Xozirda mazkur institutning doktorant-tadqiqotchisi xisoblanadi (Ilmiy maslahatchisi, akademik S.SH.Rashidova). U 1999 yilda O`zR Fanlar Akademiyasining Respublika Yosh olimlar mukofoti sovrindori bo`lgan. M.Qodirxonov 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va o`quv-uslubiy ishlanmalar muallifi.

M.Qodirxonov o`zining ilmiy-pedogogik faoliyatini 2001 yildan boshlab Namangan Davlat Universitetida davom ettirmoqda. U universitetning kimyo yo`nalishi bakalavr va magistrlariga ixtisoslik va maxsus fanlardan tahsil berib kelmoqda. Ushbu fanlar bo`yicha u yangi ta'lim standartlariga muvofiq fan dasturlari va o`quv qo`llanmalarini ishlab chiqqan.

M.Qodirxonov Germaniya, Latviya, Xitoy, Malayziya davlatlarining ilmiy va o`quv markazlarida malaka oshirgan.

M.Qodirxonov 2002-2003 yillar Osiyo taraqqiyot bankining UZB-1373 krediti loyihasi doirasida Kasb-hunar ta'lim muassasalari o`qituvchilarining malakasini oshirishga yo`naltirilgan masofaviy ta'lim materiallarini yaratish bo`yicha 5SSEPG'DE grantining «Kimyo moduli»ni yaratish loyihasi menejeri bo`lgan. Xozirda ushbu modul Respublikada masofaviy ta'lim bo`yicha o`qitishda amalda joriy ettilgan.

M.Qodirxonov 2008 yildan buyon Namangan davlat universitetining ilmiy ishlari prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

O'qilgan: 249 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.