wrapper

Yangiliklar

Juma, 18 Dekabr 2015 00:00

Geografiya kafedrasi

Kafedra mudiri: g.f.n., dots. Mirzaaxmedov Xamidullo Saydamatovich
Kafedra manzili: Uychi ko’chasi, 316.
Telefon: (+99891) 355-31-74
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Mirzaaxmedov Hamidullo Saydamatovich 1996 yilda Namangan Davlat universitetining Geografiya-biologiya fakulьtetini “Geografiya-biologiya o’qituvchisi” mutaxassisligi bilan tamomlagan. Pedagogik faoliyatini 1996 yilda Namangan shahri Xalqaro Biznes maktabida sirtqi bo’lim metodisti lavozimida boshlagan. 2000 yilda Namangan Davlat universitetining Geografiya kafedrasiga stajyor-tadqiqotchi sifatida ishga qabul qilingach, ilmiy tadqiqot ishlariga kirishgan. 2001 yildan Geografiya kafedrasi o’qituvchisi, 2004 yildan katta o’qituvchi, 2008 yildan dotsent va 2015 yil sentyabrdan kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra 1975 - yilda tashkil etilgan. Avvalgi yillarda unga professorlar A.Maqsudov, O.Abdullayev, dotsentlar T.Mallaboyev, A.Qozoqov, K.Boymirzayev, A.Nazarov, B.Kamolov, M.Mo’minov, A.Baratov, O.Mirzamahmudovlar rahbarlik qilganlar. Kafedrada 5140600 -Geografiya yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar, 5A 140602-Geografiya (umumiy geografiya) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlanadi.

Kafedraning majmuali ilmiy tadqiqot mavzusi “Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarini tadqiq qilishning mintaqaviy xususiyatlari (Farg’ona vodiysi misolida)” bo’lib, bu yo’nalishda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

1.Farg'ona vodiysi vohalarida agroirrigatsion landshaftlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari (ilmiy rahbar - g.f.d., prof. A.Abulqosimov).

2.Farg’ona vodiysi yer osti suvlari rejimining global isish va antropogen ta’sirlarga reaktsiyasi (ilmiy rahbar - g.f.d. Kamalov B.).

Kafedrada 11 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boadi. SHulardan, 5 nafari fan nomzodi  dotsent, 3 nafari fan nomzodi katta o’qituvchi, 3 nafari o’qituvchi-assistentlardan iborat, Kafedraning ilmiy saloxiyati 72,7 foizni tashkil etadi

Kafedra a’zolari 20 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etishgan. Ulardan asosiylari:

1.Soliyev A., Mirzaahmedov H., Jumaxonov Sh. Qo’shma korxonalar geografiyasi. Monografiya. -Namangan, 2006. 165 b.

2.Mallaboyev T. Jahon xalqaro tashkilotlari. O’quv-uslubiy ko’rsatma. NamDU o’quv-uslubiy kengashi. - Universitet, 2008, 130 b.

3.Jumaxonov Sh., Mirzaahmedov H. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari (amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatma). NamDU o’quv-uslubiy kengashi. - Universitet, 2008, 120 b.

4.Boymirzayev K. Landshaftshunoslik asoslari. O’quv-uslubiy qo'llanma. NamDU o’quv-uslubiy kengashi. - Universitet, 2009, 125 b.

5.Boymirzayev K. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. - O’quv-uslubiy ko’rsatma. - Universitet, 2009, 120 b.

6.Boymirzayev K., Jumaxanov Sh. Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. NamDU o’quv-uslubiy kengashi. - Universitet, 2010, 86 b.

7.Abdullayev O, Mamajonov E., Baratov A. Axborotlar geografiyasi. O'quv qo'llanma. AnDU o’quv-uslubiy kengashi. - Andijon davlat universiteti, 2010, 154 b.

8.Nazarov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. O’quv-uslubiy ko’rsatma. NamDU o’quv-uslubiy kengashi. -Universitet, 2011, 134 b.

9.Mirzamaxmudov O., Boymirzayev K. Namangan viloyati adirlarining landshaft ekologik sharoitini baholash. Monografiya. -Toshkent, 2011, 110 b.

10.Kamolov B. Geografiyada matematik metodlar. Uslubiy qo’llanma.- Namangan, 2012. 135 bet.

11.Kamolov B. Aktivnыe vozdeystviya na gidrometeorologicheskie protsessы v Uzbekistane. Monografiya. – Tashkent, 2013. 260 b.

12.Soliev E. Meteorologiya. O’quv qo’llanma. - Namangan, 2014. 128 bet.

13.Kamalov B. Umumiy yer bilmiga chizgilar. Uslubiy qo’llanma. – Namangan, 2014. 84 bet.

14.Jumaxanov Sh. Anklav va eksklav hududlar geografiyasi. Monografiya. – Namangan, 2014. 127 bet.

15.Mallaboyev T. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. Uslubiy qo’llanma. - Namangan, 2015. Mallaboyev T. Nomozboev S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma. - Namangan, 2015.

16.Jumaxanov SH., Mirzaaxmedov X., Soliev I. Geografiyadan testlar tuzish va ulardan foydalanish. Uslubiy qo’llanma. –Namangan, 2015. 140 b.

17.Maxmudova M. Tabiiy resurslardan foydalanishning geografik asoslari. Uslubiy qo’llanma. –Namangan, 2015. 115 b.

18.Soliev E., Mirzaxmedov I. Umumiy gidrologiyadan amaliy mashg’ulotlar.  Uslubiy ko’rsatma. - Namangan, 2015.

19.Jumaxanov SH., Siddiqov S. Geografik masala va mashqlar. Uslubiy qo’llanma. –Namangan, 2016. 116 bet.

20.Mirzamaxmudov O. Geografiya o’qitish metodikasi. Uslubiy ko’rsatma. - Namangan, 2016.

21.Mirzaaxmedov X. Mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarish. Uslubiy ko’rsatma. - Namangan, 2016.

Kafedra mudiri Mirzaaxmedov X.S 

O'qilgan: 2440 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 16 Fevral 2017 17:03

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.