wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Kafеdra mudiri – Nishonov Mahmud Sobirovich

Manzil: Namangan shahri, Uychi ko’chasi 316 – uy, 8-bino, 1-qavat

Telefon: 0 (369) 227-27-21

 

Pedagogika va psixologiya kafеdrasi oliy o’quv yurtida 1956 yildan boshlab faoliyat olib boradi. Kafеdrani turli yillarda pеdagogika fanlari nomzodi H.Ubaydullayеv, psixologiya fanlari nomzodi dotsеnt A. Asqarov, pеdagogika fanlari doktori A.Minavvarov, pеdagogika fanlari nomzodi, dotsеnt, O’.M.Asqarovalar boshqarib kеlishgan. 2013 yil dekabr oyidan boshlab, kafеdrani pеdagogika fanlari nomzodi, dotsеnt M.Nishonov boshqarib kеlmoqda.

Kafedraning 19 nafar professor-o’qituvchilardan 3 nafari fan nomzodi dotsentlar, 4 nafari katta o’qituvchilar, 8 nafari magistr akademik darajaga ega.

Kafеdraning ilmiy salohiyati 40 % ni tashkil etadi.

Kafеdra Namangan, To’raqo’rg’on, Chortoq, Chust pеdagogika kollеjlari va Namangan viloyat o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan mahalliy hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi, tayanch kafedra sifatida 5110900–Pedagogika-psixologiya , 5140800–Pedagogika – psixologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 5A110901-Pedagogika, 5A110902-Psixologiya ixtisosliklari bo’yicha magistrlar tayyorlaydi.

5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bo’yicha magistraturaning 1-bosqichida 5 nafar, 2-bosqichida 8 nafar, ja’mi 13 nafar magistrantlar taxsil olishmoqda.

Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari universitetning barcha bakalavr yo’nalishlarida, xamda magistratura mutaxassisliklarida pedagogika va psixologiya fanlaridan dars beradilar.

Kafedra qoshida «Psixologik xizmat» markazi tashkil etilgan. Unda psixologik maslaxatlar, yuridik ekspertizalar va pedagogik-psixologik tashxislar o’tkaziladi.

Shuningdek kafedrada «O’qitishning zamonaviy texnologiyalari va interaktiv metodlari» asosida doimiy o’quv kurslari tashkil etilgan. Bu kurs umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etishga tayyorlaydi.

Kafedra mutaxassislarining ilmiy tadqiqotlari asosan «Oilaviy tarbiya», «Ta’limning zamonaviy shakllari», «Mustaqil fikrlashga o’rgatishning psixologik asoslari» mavzularga qaratilgan. Jumladan:

  • Professor A.Q.Munavvarov «Ko’p bolali oilalarda ta’lim tarbiya samaradorligini oshirish»;

  • dotsent (M.Xayitboyev) «Kichik yoshdagi o’quvchilarni g’oyaviy axloqiy ruxda tarbiyalashda o’quv va tarbiyaviy ishlarning o’zaro aloqasi»;

  • dotsent M.Mirzaabdullayeva «Besh yoshgacha bo’lgan bolalarda birgalikdagi faoliyatlarida o’zaro yordamni tarbiyalsh»;

  • dotsent A.X.Satarov «O’smirlarni iqtisodiy tarbiyalash orqali tejamkorlikka o’rgatish» mavzularida ilmiy-tadqiqot ishi olib borishgan

  • dotsent M.Maxsudova «Birinchi sinf o’quvchilarida bilishga qiziqishni rivojlantirish»; kabi mavzularda ilmiy- tadqiqot olib borishgan.

  • Bugungi kunda dotsent M.Nishonov «Oilada ota-onalarga pedagogik bilim berish»;

  • p.f.n. X.Raxmatova «Oilada o’smirlarni gigienik tarbiyasi» mavzularida tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

  • Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O’.M.Asqarova “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini isjtimoiy hayotga tayyorlash tizimi”;

  • katta o’qituvchi M.M. Qambarov “Bo’lajak o’qituvchilar mustaqil fikrlash madaniyatining rivojlantirish va innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi”;

  • o’qituvchi D.E. Mirzabdullayeva “Nizoli vaziyatlarda o’smirlar xulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va ularni muvofiqlashtirish yo’llari”;

  • o’qituvchi D.D. Oribboyeva “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari xulq-atvori deprivatsiyasining psixologik xususiyatlari”;

  • o’qituvchi M.X. Toshibekova “Innovatsion korporativ hamkorlik asosida talabalarni uzluksiz pedagogik amaliyotini tashkil etish”;

  • o’qituvchi D.D. Boymirzayeva “Lojь kak zaщitnыy mexanizm v povedenii lichnosti” kabi mavzularda doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot olib borishmoqda

Kafedra a’zolari tomonidan 1996 yili professor A.Munavvarov umumiy taxriri ostida «Pedagogika» o’quv qo’llanmasi «O’qituvchi» nashriyotida, 2000 yilda esa «Pedagogika» darsligi tojik tilida «Ibn Sino» nashriyotida chop etilgan. 2003 yili dotsent O’.Asqarovaning «Milliy g’urur tarbiyasi» nomli monografiyasi. 2004 yilda esa «Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar» o’quv qo’llanmasi «Mexnat» nashriyotida, 2005 yilda lotin grafikasida «Istiqlol» nashriyotida chop etilgan. 2006 yili dotsent M.Mirzaabdullayeva tomonidan «Boshlang’ich ta’limda innovatsiya» o’quv qo’llanmasini nashrga tayyorladi.

Kafedrada 2005 yil «Talabalarni ta’lim jarayonida mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatishning pedagogik–psixologik asoslari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazilgan.

2006 yili dotsentlar (M.Xayitboyev), M.Nishonov, O’.Asqarovalar tomonidan «Pedagogika» darsligi tayyorlanib, ,,Talqin” nashriyotida chop etildi.

Sh.Abdullayeva 2012 yil “Umumta’lim maktabi o’qituvchilarining emotsiyanal barqarorligi” nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

2012 yil N.I.Xalilova, N.S.Safaev, Z.B. Qurbonova tomonidan “Differentsial psixologiya” nomli o’quv qo’llanma ishlab chiqildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv-uslubiy qo’llanmalar, muammoli ma’ruzalar matni, ilmiy maqola va tezislar har yili tayyorlanadi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga bevosita bog’lash va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish uchun viloyatdagi bir necha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan va amalda bajarilmoqda. Kafedrada viloyat, shahar xalq ta’limi tizimi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan muntazam hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Kafedrada Chust transport va aloqa kolleji, Namangan, Uchqo’rg’on, Chortoq pedagogika kollejlari, NamDU qoshidagi 1-Akademik litsey, 2-Akademik litseylari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolangan. Shartnoma va kelishuvlar asosida kafedra professor-o’qituvchilari maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda uchrashuvlar, hamkorlikdagi ilmiy-uslubiy seminarlar o’tkazib kelishadi.

SHuningdek, kafedra Nizomiy nomidagi ToshDPU, O’zbekiston Milliy universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg’ona davlat universiteti va Qo’qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirmoqda.

2014-2015-o’quv yili davomida kafedra MCHJ Lyuks plyus servis bilan shartnoma imzolandi.

O'qilgan: 4774 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.