wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 07 Sentyabr 2017 00:00

“Birinchi kurs maktabi” shioridagi tadbirlar davom etmoqda

Joylashtirdi: 

“Talabalik oltin davrim” bu so‘zlarni dildan his etib, o‘qish davrining unutilmas onlariyu bilim olib o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish, bugun ko‘plab yoshlarning qalbidagi ahamiyatli istakdir. Joriy yilda Namangan davlat universitetiga jami 21260 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan bo‘lib, shundan 1500 nafar yoshlar talabalikka tavsiya etilgan.

Ayni kunlarda talabalarning universitet maxsus ichki tartib-qoidalari va talabalik mas’uliyatini teran anglab olishlarini maqsad qilgan “Birinchi kurs maktabi” shioridagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Hafta boshidan buyon shu mavzudagi tadbirlar Namangan davlat universitetining filologiya, fizika-matematika hamda tabiiy fanlar fakultetlarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda asosan yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani, bu imkoniyatlarni mamlakatimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va universitetning nufuzini yanada oshirish yo‘lida safarbar etishga chorlagan holda, ta’lim muassasasining ichki-tartib qoidalari hamda umumiy etika tushunchalarini yetkazish, universitet rahbariyatini yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv yili davomida universitetda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini samarali tashkil etish, yetakchilarning ish mexanizmi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z intellektual salohiyatini yanada kuchaytirishi uchun zarur shart-sharoit yaratish masalasiga ham urg‘u qaratildi.

Muloqot yakunida universitet rektori, t.f.d., professor A.Umarov, kirish imtihonlarida eng yuqori ball qayd etib, talabalikka qabul qilingan bir guruh yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Talabalar tomonidan bildirilgan asosli taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda, kelgusidagi rejalar aniq belgilab olindi.

Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan davlat universiteti yetakchisi.

O'qilgan: 6333 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.