wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Musiqiy ta'lim kafedrasi

Kafedra mudiri: Azizov Oribjon Ashirovich dosent (professor v.b.)
Kafedra manzili: Namangan shahri Uychi ko’chasi 316-uy Namangan davlat universiteti pedagogika fakul’teti Musiqiy ta’lim kafedrasi 8-bino 1-etaj 105-xona
Telefon: +998939125504, +998939442517
email:

Kafedraning qizqacha tarixi:

Kafedra 1992- yilda tashkil etilgan. Dastlabki kafedraga 1992 - yildan 1994 - yilgacha katta o’qituvchi N.Abdullayev, 1994 yildan falsafa fanlari doktori, professor A.V.Tsoy, 1995 – 1997  yillarda dotsent S. Norqoziyev, 1998 - yil s.f.n А.Azizov,  1999-2000  yillar katta o’qituvchi A.Komilov, 2000-2001 yillarda  dotsent S. Norqoziyev boshqardi. 2003-2005 yillari O’zbekiston Xalq artisti O’.Nuraliyev, 2006 - yil aprel oyidan O.Azizov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi 2006 - yil dekabr oyidan  D. Hamdamovalar kafedra mudiri bo’lib ishlagan. 2008 yil fevral oyidan boshlab N.Abdullayev kafedra mudiri, 2010 yil noyabr oyidan boshlab dots. O.Azizov kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2013 – 2015 yillarida Q. Rahmatov kafedra mudiri, 2015-yil 20 oktyabrdan O.Azizov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 

Kafedrada “5111100-musiqia ta’limi” yo'nalishi bo'yicha bakalavr mutaxassislari tayyorlanadi.  Hozirda  musiqa  ta’lim yo'nalishida 108 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Kafedrada 8 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko’rsatib kelishmoqda, jumladan, bir nafar professor v.b. (O. Azizov); 4 nafar katta o’qituvchi: (N.Abdullayev, Q.Rahmatov,        R. Qo’shinova T.Ortiqov);  o’qituvchilar: 3 nafar  (M. Mirabdullayev, Z. Sultanova,  G’.Toshmatov)lar  faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy salohiyati 14,3 % ni tashkil qiladi.

Musiqiy ta’lim yo’nalishi iqtidorli talabalaridan Shavkat Ergashev 2008-yilda “An’anaviy qo’shiqchilik” yo’nalishi bo’yicha   Respublika “Nihol” mukofotining sovrindori bo’ldi. 2009 - yil yanvar oyida  Nozima Parpiyeva  O’zbekiston va Qoraqalpog’iston  Respublikasi xalq artisti Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag’ishlangan VI- Respublika ko’rik-tanlov laureyatligiga sazovor bo’ldi. Shuningdek, Gulmira Odilova 2008-yilda Respublikada o’tkazilgan Raqslar tanlovida faxrli 2-o’rinni egalladi. Sadoqat Yo’ldasheva 2008, 2009, 2010 yillarda viloyatda o’tkazilgan opera janri bo’yicha  “Nihol” ko’rik-tanlovining sovrindori bo’ldi. Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari  Respublika “Navro’z” bayramlarida hamda Respublika va viloyat tadbirlarida muntazam ravishda qatnashib kelmoqdalar.  Shuningdek, 2011-yil O’zbekiston  Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Oltin meros” nomli “Mumtoz va maqom kuy-ashulalar” ko’rik-tanlovida 3-kurs talabasi To’raboyeva Zilola faxrli o’rinni egalladi. Hozirgi 2013-yilda Zilola To’raboyeva “Nihol” Davlat mukofotiga Namangan viloyatidan tavsiya etilgan. 2013-2014 yilda Musiqa yo’nalishi talabalari Respublikada o’tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko’rik- tanlovlarda faxrli 2-3 o’rinlarni egallashgan.  

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan 

ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar:

1. Q.Rahmatov.  “Inson g’animat”.  DVD -Toshkent, “Ohangmediya” studiyasi  2009 yil , 500 dona. 

2. T. Ortiqov.  “Musiqa va unga munosabatlar tarixi” o’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent-2015 yil  

3 O.Azizov  “Mutaxassislik  (estrada)” o’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent-2010  yil.

4. T. Ortiqov.  “Musiqa o’qitish metodikasi” o’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent- 2011 yil. 

5. O.Azizov. “Solfedjio” (darslik).- Toshkent- 2014  yil.

6. O.Azizov. “Navoiy va musiqa” o’quv-uslubiy qo’llanma. Namangan-2015 yil

Musiqiy ta’lim kafedrasi pedagogika fakulteti tarkibida 5111100- Musiqа ta’limi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha tayyorlash o’quv rejasida ko’rsatilgan umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiruvchi, jamiyatga malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ularning tajribasini oshirib boruvchi asosiy tuzilma hisoblanadi.

Kafedrada 8 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko’rsatib kelishmoqda, jumladan, bir nafar professor v.b. (O. Azizov); 4 nafar katta o’qituvchi: (N.Abdullayev, Q.Rahmatov, R. Qo’shinova T.Ortiqov);  o’qituvchilar: 3 nafar  (M. Mirabdullayev, Z. Sultanova, G’.Toshmatov)lar  faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy salohiyati 14,3 % ni tashkil qiladi.

Musiqiy ta’lim kafedrasining faoliyati o’quv, ilmiy–uslubiy, ma’naviy–ma’rifiy, ilmiy-tadkiqot kabi ish turlarini qamrab olgan bo’lib, 3 yoki 5 yilga mo’ljallangan joriy, ya’ni, yillik va perspektiv rejalarga asoslanib bajarib boriladi. Mazkur rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi kafedraning yig’ilishlarida muxokama qilib boriladi, kafedra mudirining rahbarligida amalga oshiriladi.

Musiqiy ta’lim kafedrasi quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatgan. 

1.Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

2. Andijon davlat universiteti

3.Qo’qon davlat pedagogika instituti

4.Namangan san’at kolleji

5.Namangan shahar pedagogika kolleji

6.Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

7. Namangan shahar 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi

2013-yilda Zilola To’raboyeva “Nihol” Davlat mukofotiga Namangan viloyatidan tavsiya etilgan. 2013-2014 yilda Musiqa yo’nalishi talabalari Respublikada o’tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko’rik- tanlovlarda faxrli 2-3 o’rinlarni egallashgan.  

Kafedra professor-o’qituvchilari  O.Azizov 2014 yil “Solfedjio” (darslik), 2015 yil “Navoiy va musiqa” o’quv-uslubiy qo’llanmasi  va katta o’qituvchi T. Ortiqov tomonidan 2015 yilda “Musiqa va unga munosabatlar tarixi” o’quv-uslubiy qo’llanmalari chop etildi 

Kafedraning boshqa yangiliklari...

 

O'qilgan: 3884 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 10 May 2016 15:04

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.