wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedra

Kafedra mudiri - Maxsudova Mo’’tabar Abdusalomovna

Manzil: Namangan shahar Uychi ko’cha, 316-uy, 8-bino 2-qavat, 206 – xona

Telefon: 99893 404 76 00

e-mail: 

 

1986 yil Xamza nomli Namangan Davlat Pedagogika insititutining Pedagogika fakul’teti qoshida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasiga asos solindi.

Kafedra tarixida birinchi kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Munojatxon Mirzaabdullaeva hisoblanadi. Ushbu kafedra 1998 yilgacha o’z faoliyatini davom ettirdi.

Kafedrada o’sha davrda katta o’qituvchilardan Tojiboeva Tamaraxon, Xamraqulova Xavoniso, Mamanazarova Roziyaxon, No’’monov Abdullajon, o’qituvchilardan Mo’minova Zubayraxon, Akbarov Saxodillo, Boyarshinova Ol’ga, Qoraboeva Zohidaxonlar pedagogik faoliyat ko’rsatib kelganlar. Kafedra maktabgacha tarbiya muassasalariga oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo’shdi.

2015 yil 2 martda Namangan davlat universiteti qoshida qaytadan “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra asosan 5111800 - Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash bilan shug'ullanadi.

Hozirda kafedra Maxsudova Mo’tabar Abdusalamovna rahbarligi ostida faoliyat ko'rsatmoqda. Maxsudova Mo’tabar Abdusalamovna 1960 yil 29 avgustda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida xizmatchi oilasida tug’ilgan.1977 yilda 10-sinfni tamomlab, Toshkent davlat universitetining falsafa-iqtisod fakul’teti psixologiya bo’limiga o’qishga kirib, 1982 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.1986 yilda pedagogika va psixologiya kafedrfsiga o’qituvchi lavozimiga tanlov asosida ishga o’tgan.2014 yil 2 sentyabrdan Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan.Shu bilan birga yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasida jamoatchilik asosida kafedra mudiri lavozimida ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Joriy vaqtda kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ulardan 1 nafari dotsent, 1 nafari fan nomzodi, 2- nafari katta o'qituvchi, 7 nafari esa o'qituvchilardir.

Psixologiya nomzodi, dotsent:

1. Maxsudova Mo’tabar Abdusalomovna

 

Pеdagogika fanlari nomzodi:

1.Abdullaeva Ma’suda Abdubannaevna

Katta o’qituvchilar:

1. Qoraboeva Zoxida To’lanboevna

2. Asranboeva Munojat Xalimjonovna

 

O’qituvchilar:

1.Asqarova Dilorom Qurbonovna

2.Xamroqulova Xavoxoniso Maxsutalievna

3.To’raxonov Ummatali Davlatovich

4.Abdusamatova Nargiza Jamoliddinovna

5.Turg’unboeva Aziza G’ulomovna

6.Qodirova Zoxida Sobirovna

7.Xakimov Sayfiddin Ummatalievich

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlardan namunalar:

1. Maxsudova. M. Muloqot psixologiyasi. T.; 2013. “Fan va texnologiya”Turon- Iqbol”. 2006 y.>

2. Asqarova D. va boshqalar. Pedagogik aksiologiyadan xrestomatiya. T.; 2015. “Fan va texnologiya” .

3. Asqarova D. va boshqala. Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida pedagogika kolleji o’quvchilarida kasbiy sifatlarni shakllantirish. (Uslubiy qo’llanma). T.; “Fan va texnologiya ” 2015.

4.Abdurazzoqova F., Abdusamatova N., Qodirova Z., Asqarova D. “Vodiy jadidchi – ma’rifatparvarlar maktabi”. (O’quv qo’llanma). Namangan nashriyoti. 2014 yil.>

O'qilgan: 4201 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 29 Dekabr 2015 18:18

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.